Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i

Abdurasulov Sunatillo Tojimurodovich

Телефон:
(0-376) 223-03-37

Dushanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha va 15:00 dan 17:00 gacha

Abdurasulov Sunatillo Tojimurodovich - 1984 yil 8 sentabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. millati o'zbek. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos. 2006 yilda Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetini (bakalavr), 2008 yilda Toshkent Davlat yuridik institutini (magistratura) tamomlagan.

S.Abdurasulov mehnat faoliyatini 2007-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

2011-2014 yillarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan.

2014 y.- 2019 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

2019 y.- 2021.  Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

S.Abdurasulov 2021-yil 26-noyabrda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Boshqarma ishlarini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;

hududda boshqarma tizimida ishlovchi xodimlar tomonidan huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi va huquqiy targ‘ibot ishlarida bevosita qatnashadi;

Boshqarmaning tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Boshqarmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Boshqarmaning tegishli tarkibiy tuzilmalarigaga bevosita rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;

Boshqarma xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va funksional vazifalar, aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik doirasini belgilaydi;

vazirlik rahbariyati topshiriqlari, farmoyishlari, buyruqlari va ko‘rsatmalarining xodimlar tomonidan bajarilishini tekshiradi, hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qiladi;

takliflarga asosan yoki mustaqil ravishda xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha buyruqlar chiqaradi;

vazirlik rahbariyatiga xodimlarni rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi;

Boshqarma tarkibini hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, Boshqarma faoliyatiga oid muhim masalalar haqida vazir va uning o‘rinbosarlariga muntazam ravishda axborot beradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini tizimli tahlil qilishni tashkillashtirish, ular tomonidan qabul qilinadigan qaror loyihalarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan har tomonlama ekspertizani amalga oshirilishini ta’minlaydi;

vazirlik rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida, Oliy Majlis palatalarida, Vazirlar Mahkamasi va boshqa tashkilotlarda tegishli masalalar bo‘yicha boshqarma vakili sifatida ishtirok etadi;

Boshqarma faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish, tegishli dasturlar, rejalar va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun Boshqarmaning barcha xodimlari ishtirokida tezkor yig‘ilishlar o‘tkazadi;

mavjud shtat jadvali asosida lavozimga tayinlash uchun tegishli tartibda vazirga nomzodlarni taqdim qiladi;

Boshqarma xodimlaridan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasio‘ vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Roziqov Akmal Mammadiyevich

Телефон:
(0-376) 223-18-32

Chorshanba va payshanba kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha va 15:00 dan 17:00 gacha

Roziqov Akmal Mammadiyevich 1985-yilda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tug‘ilgan, millati o'zbek. ma'lumoti oliy, 2012-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavrini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

A.Roziqov mehnat faoliyatini 2014-2015 yy. Qishloq qurilish bank Sariosiyo fililali yuristkonsult lavozimidan boshlagan.

2015-2016 yy. Qishloq qurilish bank Sariosiyo fililali katta yuristkonsult 

2016-2017 yy. Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Denov tuman 2-son davlat notarial idorasi notarius yordamchisi

2017-2018 yy. Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Uzun tuman 2-son davlat notarial idorasi notarius yordamchisi

2018-2021 yy. Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Uzun tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

2021-2022 yy. Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi, Bo‘lim boshlig‘i

2022-2023 yy. Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limining Bo‘lim boshlig‘i

2023–2024 yy. Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Notariat, advakatura va huquqiy xizmatlar sho‘basining Sho‘ba boshlig‘i

A.Roziqov 2024-yil 1-fevralda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.


Boshqarma faoliyati ustidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiradi;

Boshqarmaning tegishli tarkibiy bo‘linmalari samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, ular faoliyati ustidan bevosita nazoratni amalga oshiradi;

boshqarma xodimlarining mehnat va ijro intizomini nazorat qilib boradi va bu haqida boshqarma boshlig‘iga axborot berib boradi;

vazirlik rahbariyati va boshqarma boshlig‘ining topshiriqlarini

o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;

huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirilishini tashkillashtiradi va bevosita ishtirok etadi;

Vazirlik rahbariyati, boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida, Oliy Majlis palatalarida, Vazirlar Mahkamasi va boshqa tashkilotlarda tegishli masalalar bo‘yicha boshqarma vakili sifatida ishtirok etadi;

boshqarmaning faoliyatini takomillashtirish, xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritadi hamda xodimlar malakasini oshirishga ko‘maklashadi;

o‘z vakolatlari doirasida xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

boshqarma boshlig‘ining ruxsati bilan soha faoliyatiga oid yig‘ilish

va anjumanlarda ishtirok etadi;

boshqarma boshlig‘i yoki boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ish joyida bo‘lmaganda uning vazifasini bajaradi;

o‘z vakolatiga tegishli hujjatlarni imzolaydi;

rahbariyat topshirig‘iga asosan adliya organlari va muassasalari (shu jumladan, FHDYo organlari, davlat notarial idoralari va notarial arxiv), davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini o‘rganishda qatnashadi, o‘rganish yakunlari bo‘yicha takliflar kiritadi, zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatadi;

Adliya vazirligi rahbariyati va boshqarma boshlig‘i ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Raxmatov Abror Abdurazzoqovich

Телефон:
(0-376) 223-36-99

Seshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha va 15:00 dan 17:00 gacha

Raxmatov Abror Abdurazzoqovich 1985-yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug‘ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 2006-yilda Samarqand davlat universitetini(bakalavr), 2008 yilda Toshkent davlat yuridik institutini(magistratura) tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

A.Raxmatov mehnat faoliyatini 2009-2010 yy.-O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchisi lavozimidan boshlagan

2010-2011 yy.-Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi katta maslahatchisi

2011-2017 yy.-Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Tashkiliy nazorat va tahlil ishlari sho‘basi yetakchi maslahatchi, sho‘ba mudiri

2017-2018 yy.-Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoat, nodavlat notijorat  va diniy tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i

2018-2021 yy-Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i

A.Raxmatov 2021-yil 1-dekabrda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Boshqarma faoliyati ustidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiradi;

Boshqarmaning tegishli tarkibiy bo‘linmalari samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, faoliyati ustidan bevosita nazoratni amalga oshiradi;

boshqarma xodimlarining mehnat va ijro intizomini nazorat qilib boradi va bu haqida boshqarma boshlig‘iga axborot berib boradi;

vazirlik rahbariyati va boshqarma boshlig‘ining topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;

huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirilishini tashkillashtiradi va bevosita ishtirok etadi;

Vazirlik rahbariyati, boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida, Oliy Majlis palatalarida, Vazirlar Mahkamasi va boshqa tashkilotlarda tegishli masalalar bo‘yicha boshqarma vakili sifatida ishtirok etadi;

boshqarmaning faoliyatini takomillashtirish, xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritadi hamda xodimlar malakasini oshirishga ko‘maklashadi;

o‘z vakolatlari doirasida xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

boshqarma boshlig‘ining ruxsati bilan soha faoliyatiga oid yig‘ilish va anjumanlarda ishtirok etadi;

boshqarma boshlig‘i ish joyida bo‘lmaganda uning vazifasini bajaradi;

o‘z vakolatiga tegishli hujjatlarni imzolaydi;

rahbariyat topshirig‘iga asosan adliya organlari va muassasalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini o‘rganishda qatnashadi, o‘rganish yakunlari bo‘yicha takliflar kiritadi, zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatadi;

Adliya vazirligi rahbariyati va boshqarma boshlig‘i ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.