Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi tibbiyot texnikumida “Korrupsiya – taraqqiyot zavoli” mavsusida seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga zararli ta’siri, halollik va shaffoflik tamoyillari, qonuniylikka rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Jumladan, tadbirda ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va bu borada qabul qilingan boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ–1-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik va boshqa jinoyatlariga qarshi-kurashish va oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat yuridik texnikumida “Korrupsiya – taraqqiyot zavoli” mavsusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga zararli ta’siri, halollik va shaffoflik tamoyillari, qonuniylikka rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Jumladan, tadbirda ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va bu borada qabul qilingan boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ–1-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik va boshqa jinoyatlariga qarshi-kurashish va oldini olish oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan ichki qoidalarga rioya qilish shartligi tushuntirildi.
Shuningdek, xodimlarga, odob-axloq va kasb etikasi qoidalariga rioya qilishlari ta'kidlab o‘tildi.
????9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” hamda “Biz tahsil olayotgan ta’lim muassasasida korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” mavzularidagi bilimlar bellashuvi, eng yaxshi insho, eng yaxshi rasm va eng yaxshi videorolik tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tanlovlarda faol ishtirok etgan g‘oliblar Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va Termiz davlat universiteti tomonidan pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
????Ma’lumot o‘rnida, korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida o‘tkazilgan turli tanlovlarda 1500 nafardan ortiq talabalar faol ishtirok etdi.
????Suhbat davomida xodimlarga Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan qoidalarga rioya qilishi shartligi tushuntirildi.
????Shuningdek, odob-axloq va kasb etikasi qoidalariga, jumladan, yurish-turish, kiyinish, muomala madaniyatiga qat’iy rioya etish, ish vaqtida spirtli ichimlik yoki giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’mol qilmasliklari, shuningdek, Ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishlari ta'kidlab o‘tildi.
Sariosiyo tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi 94 -sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida yuqori sinf õquvchilariga Korrupsiya tushunchasi va uning jamiyat uchun salbiy oqibatlari haqida batafsil tushunchalar berildi .
Tadbir so‘nggida, o‘quvchilar va boshqa tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga soha mas'ullaridan batafsil javoblar olishdi.
✅Termiz shahar adliya bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘tgan suhbat va targ‘ibot tadbirlarida talabalar bilan ochiq muloqot qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, halollik indeksi tushunchasi va fuqarolik mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov, tuman prokurori K.Turaqulov hamda tuman hokimi o‘rinbosari A. Rajapov boshchiligidagi mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.
???? Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni davlat boshqaruvi va adolatli jamiyat barpo etish jarayonlariga keng jalb etish, shuningdek, davlat xizmatchilarining kundalik faoliyati, mas’uliyati hamda xizmat madaniyati haqida atroflicha tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.
✅ Tadbir davomida, yoshlarga "Men vatanimning yuziman" huquqiy aksiyasi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, davlat xizmatini isloh qilish, korrupsiya ga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan yurtimizdakorrupsiya va uni keltirib chiqaruvchi sabablar xususida borilayotgan ishlar yoritildi.
Ko‘rish uchun havola
Viloyatimizda, xususan adliya organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilyapti, shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishdagi ishlar haqida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi B.Avazov orqali batafsil maʼlumot olasiz.
Ko‘rish uchun havola
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni, “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 21-apeldagi PQ-147-son qarori qabul qilingan.
⚖️Mazkur farmon hamda qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini Termiz shahridagi Prezident maktabi xodimlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida Surxondaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi Alisher Bobomurodov hamda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari Behruz Sharipov va Bunyod Avazovlar ishtirokida uchrashuv tashkil qilinib, ushbu qonun hujjatlarida belgilangan ustuvor vazifalar atroflicha o‘rganildi.
Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish davlatimiz belgilab olgan siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Taraqqiyotimizning eng muhim yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Ayni paytda bu borada amalga oshirilayotgan barcha ishlar korrupsiyaga qarshi kurashishni sifat jihatdan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta'minoti Surxondaryo viloyat filialida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz birdek mas’ulmiz” mavzuidagi davra suhbatida ham ana shu haqda atroflicha so‘z yuritildi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta'minoti filialida Surxondaryo viloyat hokimligi va viloyat Adliya boshqarmasning mas’ullari yig‘ilishda so‘z olib, ish jarayonida korrupsiyaviy holatlarga yo’l qo’ymaslik, fuqarolar bilan muloqotda muomala va etikaga amal qilinishi lozimligi bo'yicha ko'rsatmalar berib o'tdi.
Termiz muhandislik texnologiya institutida 4-sektordagi yoshlar bilan korrupsiya va uning salbiy oqibatlari haqida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida ayni mavzu muhokamalar markazida bo‘ldi.
Unda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi B.Avazov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbirda ayrim fuqarolar o‘z huquqlarini yaxshi bilmasliklari tufayli ta’magirlik, poraxo‘rlik, korrupsiya holatlari yuzaga kelayotgani, korrupsion holatlar ta’lim sohasida ham uchrab turgani achinarli hol ekanligi tilga olinib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Muloqot davomida yoshlar bu kabi illatlardan yiroq bo‘lishi, yuksak marralarga eltuvchi yo‘l bilim ekanligi ta’kidlanib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Ochiq va samimiy ruhdagi uchrashuv savol-javoblarga boy bo‘ldi.
Joriy yilning 26-yanvar kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi O.Qurbonov ishtirokida Termiz shahrida joylashgan 31405-son harbiy qismda “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” mavzusida davra suhbati bo’lib o‘tdi.
Joriy yilning 3- dekabr kuni Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasida Viloyat statistika boshqarmasi hamda viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda "Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid" mavzusida seminar o'tkazildi.
Joriy yilning 29 noyabr kuni Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi viloyat bojxona boshqarmasi hamda viloyat yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Korrupsiya rivojlanishga to’siq” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 25 noyabr kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Termiz davlat universitetining pedagogika instituti bilan hamkorlikda "Korrupsiyaga qarshi kurash - davr talabi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги тизимида коррупцияга қарши куришиш бўйича 2021-2022 йилларга мўлжалланган дастури бўйича Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси ҳамда туман (шаҳар) бўлимлари ходимлари ўртасида ўқув-семинари бўлиб ўтди
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирининг коррупцияга кирши куришиш бўйича 2021-2022 йилларга мўлжалланган чора-тадбирлар дастури жорий йилнинг 9 август куни тасдиқланган. Ушбу дастур 54-банддан иборат бўлиб Адлия органларининг барча бўғинларини қамраб олган.
Юрт ободлиги, тинчлик ва тараққиётнинг асосий гарови жамиятда Конституция ва қонун устуворлиги таъминланиши билан боғлиқдир. Аммо жамият ва давлатни қолоқликка, тубанликка етакловчи омил мавжуд. Бу коррупциядир.
Бизга маълумки, ҳар бир давлат органи ўзининг тизимини мувафақиятли амалга ошириш учун аввало коррупцияга қарши курашиш лозим. Шу сабабли адлия органлари ҳам бу борада давлат органлари ичида ўзининг мақсади, йўналиши ва чора-тадбирларини амалга ошириб келмоқда.
Жумладан, Ўзбекистон Республикасининг коррупцияга қарши курашиш тўғрисидаги қонунига асосан, адлия органлари ҳам бир қатор буйруқлар, йўл хариталари, чора-тадбирлар ишлаб чиқиб адлия тизимини “Коррупциясиз соҳага айлантириш” борасида самарали ишларни амалга ошириб келмоқда.
Масалан, бунга мисол қилиб, 2020 йилнинг 24 февраль кунида Адлия вазирининг “Ўзбекистан Республикаси Адлия вазирлигининг коррупцияга қарши курашиш сиёсатини белгилаш тўғрисида”ги 42-ум-сон, “Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг коррупцияга қарши курашиш тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида”ги 43-ум-сон, “Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги тизимида манфаатлар тўқнашувини бошқаришни такомиллаштириш тўғрисида”ги 44-ум-сон, “Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги тизимида коррупциявий хавф-хатарларни аниқлаш, бартараф этиш, мониторинг қилиш хамда коррупцияга қарши курашиш бўйича ўқитиш ишларини ташкил этиш тўғрисида”ги 44-ум-сон буйруқларни келтириш мумкин. Батафсил...
- 1
- 2