Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

16
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Choriyeva Muhabbat Axmedovna -  Termiz tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy FHDY arxiv mudiri lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi M. Choriyevani ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

15
#Kontrafaktsiz_oy

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 17-bandi ijrosi yuzasidan joriy yilning 13-mart kuni Termiz shahrida joylashgan Qo‘g‘irchoq teatri xodimlari uchun "Mualliflik va turdosh huquqi obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi" mavzusida seminar tashkil etildi. 

15
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Xodjamkulov Sa’dulla Xushvaktovich -  Sariosiyo tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markaz boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sariosiyo tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi S. Xodjamkulovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

12
#Kontrafaktsiz_oy

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 7-bandi ijrosi yuzasidan joriy yilning 12-mart kuni Termiz davlat universitetida “Intellektual mulk himoyasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish” mavzusida seminar o‘tkazildi.(Batafsil...)

27
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik haqida tushuncha.

Asosiy qomusimiz Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklarining kafolatidir. Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.(Batafsil...)

02
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Ulug‘ov Quvondiq Baxtiyar o‘g‘li -  Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Q. Ulug‘ovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

02
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

 

- Aripov Utkir Saparovich - Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

 

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi U. Aripovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!


02
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

 

- Tilovov Sheroziddin O‘roqovich - Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Adliya boshqarmasi Notariat, advakatura va huquqiy xizmatlar sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

 

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi SH. Tilovovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!


01
TAYINLOV!!!

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan:

 - Roziqov Akmal Mammadiyevich - Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar sho‘basi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi A. Roziqovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!


22
#Adliya_xabari “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan  “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi bo'lib o'tmoqda. 

Mazkur aksiya 2024-yil 20-martgacha davom etadi.

Huquqiy aksiya doirasida:

tegishli hujjatlarga ega bo'lmagan shaxslar respublika miqyosida xatlovdan o'tkaziladi(Batafsil...)