Yangiliklar
#Adliya_kuni
✅Bugun Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan DXM va FHDY bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi “Shirinobod” MFY aholsi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazilib, tadbir davomida “Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyati oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
✅Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi hamda firibgarlik, bezorilik, o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlar hamda ularning oqibatlari, oldini olish va javobgarlik masalalari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi hamda ularni qiziqtirgan turli xil masalalari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
✅Shu bilan birga, sayyor qabul davomida 15 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 10 nafar fuqarolar murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 4 nafar fuqarolarning soliq, “Ayollar daftari” va ishga joylashish bilan bog‘liq imtiyozlar qo‘llanilishiga oid masalalar yuzasidan murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi hamda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan otaliqqa olingan 23-umumta’lim maktabida navbatdagi dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Ushbu mashg‘ulotda o‘quvchilarga “Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati” mavzusida tushunchalar berildi. Tadbir davomida yoshlar ongida qonunlarga hurmat, huquqiy madaniyatni oshirish va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish borasida suhbatlar olib borildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilimini mustahkamlash, ularni vatanparvar va mas’uliyatli fuqarolar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
Ushbu "Huquqshunoslik" fan olimpiadasi Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, o‘quvchilar olimpiada davomida bir necha bosqichda bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz davom etgan tanlovda g‘oliblar tuman adliya bo‘limining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va Termiz tuman adliya bo‘limi tomonidan Termiz davlat pedagogika institutida mualliflik va turdosh huquqlarga nisbatan hurmat tuyg‘usini oshirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
✅Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
✅ Seminarda mualliflikni o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman e’lon qilinguniga qadar muallifning roziligisiz oshkor etishning salbiy oqibatlari va qo 'llaniladigan jazo choralari haqida ham tushunchalar berib o'tildi.
✅Tadbir yakunida fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy savollar yuzasidan batafsil javoblar va amaliy tavsiyalar berildi.
Bandixon tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning "Zevar" mahallasida Sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Davlat xizmatlari ko'rsatish davomida, 15 nafar fuqaroga moddiy yordam olish uchun ariza, 5 nafar fuqaroga kam taminlangan ma'lumotnoma, 2 nafar fuqaroga yashash joyidan ma'lumotnoma tayyorlab berildi.
Shuningdek, fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshoatlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O‘RQ-937-son Qonuni, O‘RQ-1083-son Qonun, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Seminarda “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi ijrosi muhokama qilinib, ijodkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritildi.
???? Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
???? Bundan tashqari, oylik doirasida yoshlarga mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
✅Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi ta’lim muassasalari va texnikumda mualliflik va turdosh huquqlarga nisbatan hurmat tuyg‘usini oshirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
✅Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
✅ Jumladan, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari, shuningdek, mualliflik huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlari haqida ma’lumotlar berildi.
✅Tadbir yakunida fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy savollar yuzasidan batafsil javoblar va amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir doirasida yoshlarni qiziqtirgan bir qancha savollarga boshqarma rahbariyati hamda tizim xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar, xususan adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Bugun Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan Termiz Davlat universitetida viloyat madaniyat boshqarmasi, viloyatdagi nashriyotlar hamda san’at va ijod sohasida faol shaxslar ishtirokida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati tashkil etildi.
???? Tadbirda oylik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi ijrosi muhokama qilinib, ijodkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritildi.
???? Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi madaniyat markazida mualliflik va turdosh
huquqlariga nisbatan hurmat hissini uyg‘otish va yanada rivojlantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ–1080-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunini bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari haqida ham tushunchalar berildi.