Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

30
"Ijtimoiy profilaktika haftaligi" doirasida nizoli oilalar bilan uchrashuv va sayyor qabul o'tkazildi

Bandixon tumani “Navro‘z” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan bir qator muammoli masalalar, jumladan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish va boshqa sohalardagi muammolar ko‘rib chiqildi.

Sayyor qabul davomida 40 nafar fuqarolar orasidan murojaat qilgan 20 nafardan ortiq murojaatchining 9 nafariga murojaatlari yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari, mediatsiya, qonuniy nikohning afzallik jihatlari, ajrimning huquqiy oqibatlari, korrupsion jinoyatlar, mahalla mas’ullarining vazifalari, qonunchilikda fuqarolar uchun belgilangan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

29
Farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota Qonun oldida javob beradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining binosida ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan N.B.T (ism,sharifi o‘zgartirilgan)ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlari tahlil qilinganda, qarzdor N.B.T. Davlat ijrochisi tomonidan aliment qarzdorligini to‘lash haqida tushuntirish berilgani va bir necha bor yozma ogohlantirishlariga qaramasdan, aliment pullarini to‘lashni paysalga solib, 13.931.278 so‘m aliment qarzlarini to‘lamasdan bosh tortib aliment to‘lovidan qochib yurganligi aniqlandi.(Batafsil...)


28
Sud qaroriga ko‘ra, qarzdor otaga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan Sobirov Axmed Sodikovich (ism sharifi o‘zgartirilgan)ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2025 yil 29 yanvardagi hal qiluv qaroriga aossan, qarzdor Sobirov Axmed Sodikovichdan undiruvchi Doniyorova Malika Toshpo‘latovna (ism sharifi o‘zgartirilgan) foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti barcha ish haqi va boshqa barcha ishlab topgan daromadlarining 1\3 qismi miqdorida aliment to‘lash lozim bo‘lsada, 2025 yil 1 iyundan 2025 yil 1 dekabr kuniga qadar bo‘lgan davr uchun jami bo‘lib 13.931.278 so‘m aliment qarzlarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlariga ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.(Batafsil...)

28
Sherobod tumanida "Ijtimoiy profilaktika haftaligi" doirasida nizoli oila vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi

#Adliya_hudud #Ijtimoiy_profilaktika

Sherobod tumanida "Ijtimoiy profilaktika haftaligi" doirasida nizoli oila vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi o'rinbosari S.Tursunov tomonidan Sherobod tumani, “Oyinli” mahallasida fuqarolarning ajrim, aliment, farzandlikka olish va boshqa sohalardagi muammoli murojaatlari manzilli o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida 20 dan ortiq xonadonlarga kirib borilib bir qator muammoli holatlar aniqlandi. Aksariyat fuqarolarning murojaatlari yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari, mediatsiya, qonuniy nikohning afzallik jihatlari, ajrimning huquqiy oqibatlari, korrupsion jinoyatlar, mahalla mas’ullarining vazifalari, qonunchilikda fuqarolar uchun belgilangan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

https://t.me/surxondaryoadliya

23
Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bugun viloyat adliya boshqarmasida “Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2025-yil davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar hamda viloyat prokuraturasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqovning axboroti tinglandi. Shundan so‘ng, viloyat prokurorining katta yordamchisi A.Bobomurodovning axboroti tingalanib, matbuot anjumani qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha to‘xtaldi.

➡️ O'tkazilgan matbuot anjumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.

23
Matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun viloyat adliya boshqarmasida “Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2025-yil davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar hamda viloyat prokuraturasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqovning axboroti tinglandi. Shundan so‘ng, viloyat prokurorining katta yordamchisi A.Bobomurodovning axboroti tingalanib, matbuot anjumani qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha to‘xtaldi.

➡️ O'tkazilgan matbuot anjumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.

22
Kasaba uyushmasi faoliyati sarhisob qilindi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi kasaba uyushmasi raisi Sh.Tilovov tomonidan tizim xodimlari ishtirokida tizimda kasaba uyushmasi tomonidan 2025-yil qilingan ishlar sarhisob qilindi.

Tadbirda Sh.Tilovov tizimda kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga batafsil to‘xtaldi hamda kelgusida gi rejalar bilan tizim xodimlarini tanishtirdi.

21
"O‘zbekiston—2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning ahamiyati to‘g‘risida Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputatlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Bugun Bandixon tumani Madaniyat markazida "O‘zbekiston—2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning ahamiyati to‘g‘risida Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputatlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminar davomida Kengash raisi E.Jurayev va tuman adliya bo’limi boshlig’i V.Nazarovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi.

20
Aholi salomatligi narkojinoyatlardan samarali himoya qilinadi.

“Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–207-son, 03.11.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli alohida yangi bo‘lim kiritiladi.

Shuningdek, quyidagi qilmishlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlik joriy etiladi:

narkojinoiy uyushma tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash, shuningdek, giyohvandlik vositalarini uyushgan guruh tomonidan transchegaraviy usullarda yoki internet tarmog‘idan foydalanib o‘tkazish;

giyohvandlik vositalarini noqonuniy muomalaga kiritishga hokimiyat (mansab) vakolatlarini suiiste’mol qilish yo‘li bilan homiylik (rahnamolik) qilish yoki bunday jinoyatlar fosh bo‘lishining oldini olish maqsadida xabar berish;

 g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash.(Batafsil...)

20
Siz kelmang, biz boramiz | Bandixonda sayyor qabul o'tkazildi

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-1-son qarori doirasida Bandixon tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Navro'z" mahallasida mahalla yettiligi hamda mahalla fuqarolari ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi

Qabul davomida Jami ko'tarilgan 20 ta murojaatlarning 18 tasi joyida hal etilgan bo'lsa, qolgan murojaatlar bo'lim ish yurituviga olindi.

Bundan tashqari, fuqarolarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularning savollariga  tegishlicha javoblar berildi

Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.

Xalq bilan muloqot — muammo yechimining eng samarali yo‘li.