Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

27
Intellektual mulk masalalarida tadbirkorlik subyektlari va ijod vakillari ishtirokida Sayyor qabul va targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

#Intellektual_mulk

Termiz tumani "Yangiobod" mahallasi hududida joylashgan Termiz Davlat pedagogika institutida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan tasdiqlangan Reja-jadvalga asosan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Roziqov rahbarligida, intellektual mulk masalalarida tadbirkorlik subyektlari va ijod vakillari ishtirokida Sayyor qabul va targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Qabul davomida 6 nafar fuqarolarning murojaatlariga shu joyning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 4 nafar fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari ish yurituviga olindi.

Shuningdek, Tadbir ishtirokchilariga mualliflik huquqiga oid tarqatma materiallar va kontrafakt mahsulotlar katalogi tarqatildi.

27
Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom etmoqda.

Kuz–qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Surxondaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari viloyat adliya boshqarmasida bo‘lishdi.

Tashrif davomida binolardagi isitish tizimlari, elektr tarmoqlari, yong‘in xavfsizligi vositalari va boshqa muhim infratuzilma holati o‘rganildi.

Mutaxassislar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yong‘in va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir kuz–qish mavsumida xodimlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan.

27
"Huquqshunoslik" fan olimpiadasining Surxondaryo viloyat bosqichi o'tkazildi

Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining qo'shma qaroriga asosan "Huquqshunoslik" fan olimpiadasi tashkil etildi.

Mazkur olimpiada adliya tizimiga biriktirilgan umumta'lim maktablarining 8-11-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilishi belgilangan.

Surxondaryo viloyatining 15 ta umumta'lim maktablarida 1000 nafardan ortiq o'quvchilar tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida ishtirok etishdi.

Olimpiadaning viloyat bosqichida  3 ta shart asosida 60 nafar o'quvchi-yoshlar o'zaro bellashishdi.

Olimpiadaning Respublika bosqichiga chiqqan g'oliblar:
8-sinflar orasida: Uzun tumanidan M.Jo‘rayeva
9-sinflar kesimida: Qiziriq tumanidan D.Rustamov
10-sinflar kesimida: Uzun tumanidan S.Qurbonova
11-sinflar kesimida: Denov tumanidan U.Ergashev
Adliya boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi barcha ishtirokchilarga respublika bosqichida ham omad tilaydi!

24
Bozorlar va yirik savdo majmualari, savdo do‘konlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarida profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.

Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga Kontrafakt mahsulotlarining salbiy oqibatlaridan ogoh etishga chorlovchi va kontrafakt mahsulotlar haqida yaxlit tushuncha hosil qilishga xizmat qiluvchi “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” tarqatildi.

????Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bo'yicha kiritilayotgan o'zgartirishlar haqida  tushunchalar berib o'tildi.

24
9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

✅ Bugun viloyat “Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2025-yilning o‘tgan 9 oyligi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

❓Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqovning axboroti tinglandi.

???? O'tkazilgan matbuot anjumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.

24
«Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

✅Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan TerDU talabalari o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida «Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

✅Termiz shahar adliya bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘tgan suhbat va targ‘ibot tadbirlarida talabalar bilan ochiq muloqot qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, halollik indeksi tushunchasi va fuqarolik mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

23
"Huquq sinfi"da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Angor tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi otaliqqa olingan maktabning "Huquq sinfi"da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

????Angor tumanidagi otaliqqa olingan 23-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Oila huquqi asoslari" hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-asosiy qomusimiz" mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Dars davomida mavzu yuzasidan bellashuv tashkile qilinib, g‘oliblar adliya bo‘limi tomonidan kitoblar esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi. Shuningdek, "Huquq sinfi" fondi uchun kitoblar to‘plami  taqdim etildi.

⚠️Dars davomida 8-9-sinf  oʻquvchilari oʻzlari qiziqtirgan savollariga amaliyotchi yuristlar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

❓Darsda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham atroflicha maʼlumot berildi.

23
Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi talabalari uchun amaliy dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat yuridik texnikumi talabalari uchun notarial palata Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat FHDY arxivi va  Notarial arxivida amaliy dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

????Notariuslar faoliyati, ularning asosiy vazifalari va ishlovchi hujjatlarning turlari haqida ma'lumotlar olishdi. Notariuslarning ahamiyatini va huquqiy tizimdagi rolini juda yaxshi tushunib yetdilar.

Shuningdek, O'quvchi-yoshlar nikohni qayd etishga zarur harakatlar va hujjatlar bilan tanishib, nazariy huquqiy bilimlarni mustahkamladi.

23
“Huquq sinfi”da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Boysun tumanida otaliqqa olingan maktabdagi “Huquq sinfi”da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Boysun tumanidagi otaliqqa olingan 61-sonli maktabida "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-asosiy qomusimiz" hamda “Inson huquqlari va burchlari” mavzlarida tuman adliya bo‘limi tomonidan advokat X.Shoimova bilan birgalikda huquq sinfida huquq darslar tashkil etildi.

Darslar davomida 10-11-sinf  oʻquvchilari oʻzlari qiziqtirgan savollariga amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

Shuningdek, darslarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham atroflicha maʼlumot berildi.

22
Kontrafakt kitoblar realizatsiyasini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

“San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida Adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi kitob do‘konlarida kontrafakt kitoblar realizatsiyasini oldini olish yuzasidan sohaga oid tarqatma materiallar tarqatilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati haqida, jumladan mualliflik  huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.