Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi HISOBOT

2024-yil davomida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida ishlovchi xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari yuzasidan murojaat kelib tushmadi. 
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelingan.
Boshqarmaning Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi tomonidan sirli mijoz tadbirlari, shuningdek, Inson resurslari tomonidan reyd tadbirlari doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Shuningdek, tizimda ishlab kelayotgan barcha xodimlardan korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etmasligi, bu kabi holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan boshqarmani xabardor qilishi yuzasidan tilxatlar olingan.
Shu bilan birga, korrupsiyaviy risk mavjud deb baholangan lavozimlarda ishlab kelayotgan xodimlar bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar o‘tib kelinmoqda.


Рўйҳатга қайтиш