Yangiliklar
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyat notarial palatasi hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda notariat sohasiga oid dolzarb masalalar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, amaldagi tartib-taomillarni tushuntirish hamda aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Xususan, voyaga yetmagan shaxslarning xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish jarayonida notariusning o‘rni, ota-onaning roziligini notarial tartibda rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, xorijiy davlat fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulk sotib olish tartibi, bunda qonunchilikda belgilangan talablar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tartib-taomillar haqida tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yo‘lga qo‘yilgan onlayn notarial xizmatlardan foydalanish, ularning qulayliklari hamda xizmatlardan foydalanish jarayonida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar muhokama qilindi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mas’ul xodimlardan tegishli huquqiy tushuntirishlar oldilar.
Bunday tadbirlar idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda notarial xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha aholiga zarur ma’lumotlarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda adliya idoralari tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari, eng ko‘p murojaat kelib tushayotgan sohalar, fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
O'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalist, bloger va sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.2026-yil 22-oktabr kuni Muzrabot tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan viloyat adliya boshqarmasi tasdiqlagan reja-grafik asosida tumandagi “Oriyat” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv, huquqiy targ‘ibot va sayyor qabul tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son, 2025-yil 26-dekabrdagi PF–258-son farmonlari hamda 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son va PQ–2-son qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.Shuningdek, firibgarlik va kiberjinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilarga huquqiy axborot beruvchi flayer va bukletlar tarqatilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi hamda ularga huquqiy-metodik yordam ko‘rsatildi.
21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi huquqiy maqomi, 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi Qonunning tarixiy ahamiyati hamda ona tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida huquqiy tushunchalar berildi.Shuningdek, davlat tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, uning sofligini asrash, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va yosh avlodni ona tiliga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ona tilimiz – milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimiz timsoli!
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida xodimlarga zilzila sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish, xavfsiz joylarni aniqlash, evakuatsiya yo‘nalishlarini bilish hamda favqulodda vaziyatlarda vahimaga berilmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.Shuningdek, zilzila vaqtida va undan keyin xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, o‘zini va atrofdagilarni muhofaza qilish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bunday tadbirlar xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xavfsizlik — har birimizning mas’uliyatimiz!
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mualliflik huquqini himoya qilish oyi” doirasida chora-tadbirlar dasturining 15-bandi ijrosi yuzasidan maktab kutubxonachilari ishtirokida “Kutubxona va mualliflik huquqi: kutubxonachi nimalarni bilishi kerak?” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga mualliflik huquqini himoya qilish, plagiatning oldini olish, akademik halollik tamoyillariga rioya etish hamda intellektual mulk obyektlaridan qonuniy foydalanish tartibi tushuntirildi.Shuningdek, mualliflik huquqini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari, ta’lim va ilmiy faoliyatda o‘zgalarning ijodiy ishlaridan foydalanishda qonuniylik, halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Ismailov tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida yuridik texnikum talabalari ishtirokida Arxeologiya muzeyiga ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning tarixiy bilimlarini kengaytirish, milliy qadriyatlarimiz va boy madaniy merosimizga bo‘lgan hurmatini oshirish, shuningdek, ularda ajdodlar merosiga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat.Ekskursiya davomida talabalar muzeyda saqlanayotgan noyob arxeologik topilmalar, tarixiy eksponatlar va qadimiy madaniyat namunalarini yaqindan ko‘zdan kechirdilar. Ushbu eksponatlar orqali Surxon vohasining qadimiy tarixi, ajdodlarimizning turmush tarzi, urf-odatlari hamda madaniy taraqqiyoti haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, yoshlarning e’tibori tarixiy obidalar va moddiy madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, ularni kelajak avlodlarga bezavol yetkazish hamda milliy tariximizni chuqur o‘rganishning ahamiyatiga qaratildi.
Tashrif davomida yoshlar bilan tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va ajdodlar merosiga hurmat ruhida fikr almashildi. Bunday ma’rifiy tadbirlarning yosh avlod dunyoqarashini kengaytirish va ularning ma’naviy kamolotida tutgan o‘rni alohida ta’kidlandi.
“Tarixni bilgan — kelajakni quradi” tamoyili asosida tashkil etilgan mazkur ekskursiya yoshlarning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy merosimizga hurmatini mustahkamlash hamda o‘tmish saboqlaridan xulosa chiqarib, kelajak uchun mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qiladi.
Sariosiyo tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagoglar ishtirokida o‘quv seminari-treningi tashkil etildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 501-son, 2026-yil 2-martdagi 88-son, 19-fevraldagi 69-son, 9-fevraldagi 48-son qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-noyabrdagi PF-207-son Farmonida belgilangan normalar, pedagoglar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va ularni qo‘llash tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.Shuningdek, pedagoglarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, qonunchilikdagi yangiliklar va ulardan amaliyotda foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Qumqo‘rg‘on tumanidagi 1-son texnikumda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Tursunov ishtirokida yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv doirasida “Terrorizm va diniy ekstremizm – davr muammosi” mavzusida diniy-ma’rifiy suhbat tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Tadbir davomida diniy ekstremizm, radikalizm va turli zararli g‘oyalarning mazmun-mohiyati, ularning salbiy oqibatlari hamda bunday tahdidlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar o‘tkazilib, ularning fikr va qarashlari o‘rganildi. Yoshlarni axborotni tanqidiy tahlil qilish, turli yot g‘oyalarga nisbatan ogoh va hushyor bo‘lishga chaqirildi.
Uchrashuvda yoshlarning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish, ularni turli zararli ta’sirlardan himoya qilish hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolari va takliflarini o‘rganish hamda huquqiy-ma’rifiy bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida:Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi;
pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan va tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi;
pedagoglarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.