Yangiliklar
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo`limi tomonidan tumanning "Mustaqillik" mahallasida uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganilganda ushbu mahallada yashovchi fuqaro S.Mamatova I guruh nogironi ekanligi va shu sababli nogironlik aravachasi so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqish uchun bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.
O‘rganish davomida, fuqaro S.Mamatovaga haqiqatan yurish uchun imkoniyati cheklanganligi sababli elektron yurutmali nogironlik aravachasi topshirildi.
Qiziriq tuman adliya bo‘limi DXM, FHDY va YXKM mas’ul xodimlari tomonidan tumanning "Mustaqillik" mahallasida “Huquqiy targʻibot kuni” va "Adliya kuni" doirasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Fuqarolar bilan uchrashuv jarayonida aniqlangan huquqiy muammolar yuzasidan fuqarolarga to’liq birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilib, ayrim murojaatlar o‘rganish muddat talab etganligi sababli bo’lim ish yurituviga qabul qilindi.
Sayyor qabul jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 03-yanvar kunidagi PQ-1-sonli qarori va 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan huquqiy tushunchalar, shuningdek sohaga taalluqli boshqa qonun hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o'tildi.
Sherobod tumani "Taroqli" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri o‘tkazildi.
Sherobod tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi "Taroqli" mahallasida fuqarolar bilan O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligining Surxondaryo viloyati bo'yicha 2025-yil uchun mo'ljallangan sohaviy faoliyat reja-dasturining 25-bandida belgilangan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun qonunchilik hujjatlarida ko'rsatilgan imtiyozlar va kafolatlar qo'llanilishini ta’minlash yuzasidan huquqiy targ'ibot o'tkazildi.
Shuningdek, fuqarolarning o'zini qiziqtirgan savollarga soha vakillari tomonidan batafsil tushuntirishlar olib borildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Isoqov Angor tumaniga tashrifi davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi xodimlari bilan individual suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i A.Isoqov tuman adliya bo'limida nikohni qonuniy qayd etish uchun zamonaviy dekoratsiyalar asosida tashkil etilgan tantanalar saroyi bilan tanishdi.
Bundan tashqari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilib, ularning yechimi yuzasidan o'z taklif va tavsiyalarini berdi.
Adliya xodimlari olis hududning olis mahallasiga kirib borishdi.
Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi olis hudud "Nurli kelajak" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda uyma-uy yurish orqali huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida, 50 dan ortiq xonadonlarga kirib borilib, 70 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 nafar fuqarolarning murojaati o‘rganish muddat talab etganligi sababli ish yurituviga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, uyma-uy yurish orqali qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-133-son qarori mazmun-mohiyati hamda Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va ularga berilgan imtiyozlar haqida keng aholi qatlamiga batafsil tushuntirishlar berildi.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqovning navbatdagi tashrifi Sherobod tuman adliya bo‘limiga bo'ldi.
Sherobod tumaniga tashrifi davomida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi xodimlari bilan individual suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
Muloqot davomida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov sohada, xususan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilib, ularning yechimi yuzasidan o'z taklif va tavsiyalarini berdi.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov Boysun tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Boysun tumaniga tashrifi davomida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov , adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi xodimlari bilan individual suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
Muloqot davomida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov sohada, xususan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilib, ularning yechimi yuzasidan o'z taklif va tavsiyalarini berdi.
Termiz shahar "Jayhun" mahallasida Adliya vazirining 2024-yil 12-noyabrdagi “Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini tashkil etish hamda fuqarolarning qonunlarda mustahkamlanib qo‘yilgan huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi holatini monitoring qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 384-um-son buyrug'ining 7-bandi ijrosi yuzasidan “Huquqiy mahalla” loyihasi tashkil etildi.
✅Loyiha doirasida shahar adliya bo‘limi YXKM xodimlari tomonidan mahalladagi xonadonlarda uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari oʻrganildi.
Sherobod tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizmini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tumandagi “Nurtepa” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida mahallaning “Iso-Termiziy”, “Kapirtepa-1” va boshqa ko‘chalarida 200 dan ortiq xonadonlarga kirib borilib, 150 dan ortiq huquqiy muammolari o`rganildi.
(https://web.telegram.org/a/data-entity-type=%22MessageEntityUrl%22)
O‘rganish talab etiladigan murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.
Sayyor qabul - xalq manfaati uchun
Sariosiyo tumani adliya bo'limi tomonidan "Chosh" MFYda aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
✅ Sayyor qabulda fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi, ularning dolzarb muammolarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
✅Muloqotda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy faolligini oshirish, kasb-hunar o‘rganish va bandligini ta’minlash bo‘yicha ham zaruriy tavsiyalar berildi.
✅Tadbir davomida ayrim masalalar sifatli va qonuniy hal etishlik uchun “Mahalla.adliya.uz” platformasi orqali murojaat sifatida ish yurituviga olindi.
✅Tadbir so'ngida fuqarolarga firibgarlik jinoyati bo'yicha tarqatma flayerlar tarqatildi.