Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

“Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o'tkaziladi


#Diqqat_tanlov

“Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o'tkaziladi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi tashkil etiladi.

Tanlovda umumta'lim, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va texnikum o'quvchilari ishtirok etishi mumkin.

Insholar o'zbek (lotin alifbosiga asoslangan), qoraqalpoq va rus tillarida qabul qilinadi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etilib, uni o'tkazish tartibi va shartlari bilan batafsil bu yerda (https://telegra.ph/Tanlovni-otkazish-bosqichlari-va-shartlari-11-15)tanishishingiz mumkin.

G'oliblar 8 dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.