Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Idrok intellektual o‘yinlarining hududiy bosqichiga start berildi.


Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Idrok intellektual o‘yinlarining hududiy bosqichiga  start berildi.

Shunga ko‘ra, Idrok intellektual o‘yinining tasdiqlangan nizomiga muvofiq Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilaridan shakllantirilgan 6 ta jamoa ishtirokida tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tgan intellektual o‘yinda o‘quvchilarning umumiy, huquqiy va qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javob berish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilib, natijalariga ko‘ra “Intellekt” jamoasi respublika bosqichi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu intellektual o‘yin yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etish, o‘z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratilgan.