Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun seminar tashkil etildi


Uzun tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va soha vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.



Tadbir davomida Konstitutsiyamiz, mehnat kodeksi, soha faoliyatga oid qonunchilikdagi eng so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar, O‘zbekiston Respublikasining 871, 874, 876, 878-son qonunlari va boshqa aloqador qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan ishtirokchilarning huquqiy masalalarga oid savollariga asoslantirilgan amaliy misollar bilan javoblar berildi.