Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi


Birovning asarini yoki uning qismlarini o‘ziniki qilib ko‘rsatish, adabiy, ijodiy va ilmiy ishdagi o‘g‘irlik plagiat (ko‘chirmachilik) deb nomlanadi.

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq asardan muallifning ismi-sharifini va olingan manbasini ko‘rsatib, maqsadga mos hajmda iqtibos olgan holda erkin foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Ushbu qonun talablariga rioya qilmay o‘zga muallif asarini yoki asar qismlarini o‘ziniki qilib ko‘rsatish asarni o‘zlashtirish hisoblanadi. 

Mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lib jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari kabi jazo choralaridan biri tayinlanadi. 

Mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish to‘g‘risidagi jinoyat ishi jabrlanuvchining (muallif) arizasi asosida prokuratura organlari tomonidan qo‘zg‘atiladi. 
E’tiborlisi shundaki, bu turdagi huquqbuzarliklar bevosita huquq egasi tomonidan ma’lum qilinmaguncha aniqlanishi birmuncha qiyin hisoblanadi. 

Shu sababli ijod vakillaridan mualliflik huquqlari o‘zgalar tomonidan o‘zlashtirib olinganda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so‘rab qolar edik.