Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Zararli shovqinlar va yoqimsiz xidlarga qarshi kurashish tartibi qonunchilikda belgilanmoqda


Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash va qulay ekologik holatni barqaror saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilishning samarali mexanizmlari yaratish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan  Prezidentning “Atrof-muhitni, aholi salomatligini zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar ta’siridan muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

Respublikamizda zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar bilan bog‘liq murojaatlar statistikasi yuritilmasada, so‘nggi paytlarda OAVlarda aholi yashash hududlarida zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar atrof-muhitga ko‘p chiqarilayotganligi, bu maishiy turmushda turli noqulayliklarni, va hatto aholi sog‘lig‘iga salbiy ta’sirlarni yuzaga keltirayotganligi haqidagi fuqarolarning shikoyatlari ko‘paymoqda.

Shu bilan birga, zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish masalalarini kompleks tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas.

Amaldagi sanitariya qoidalari va me’yorlarida ayrim shovqinlarga oid normalar belgilangan. Biroq, yorug‘lik shovqinlari va hidlar bo‘yicha sanitariya qoidalari va me’yorlari mavjud emas. Masalan, sanitariya qoidalari va me’yorlarida elektron displeyli (led, oled, 3D) tashqi reklama ob’yektlarining yorug‘lik me’yorlari belgilanmagan hamda undagi yorqin ranglarning inson sog‘ligiga salbiy ta’siri, namoyish etish davriyligi bo‘yicha normativlar keltirilmagan.

Davlat organlarining zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish va ularni oldini olish sohasidagi vazifalarining aniq chegaralari belgilanmaganligi mazkur sohani tartibga solishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Yuqorida nazarda tutilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan Loyihada quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:

a) Zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarni atrof-muhitga va aholi salomatligiga bevosita zarar yetkazuvchi zararli manbalar deb e’tirof etish;

b) “Tungi vaqt”ni – soat 23-00 dan soat 6-00 ga qadar bo‘lgan vaqt, “shovqinsiz davr”ni – ish kunlarida soat 23-00 dan soat 7-00 ga qadar hamda dam olish va bayram kunlarida soat 21-00 dan soat 8-00 qadar bo‘lgan vaqt etib belgilash;

c) 2024-yil 1-yanvardan boshlab tungi vaqt va shovqinsiz davr mobaynida bir qator taqiqlar