Янгиликлар
#Matbuot_anjumani
Bugun viloyat matbuot uyida “Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o'tgan 2023-yil davomidagi faoliyat yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Raxmatovning axboroti tinglandi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, viloyatda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirokida qizg'in savol-javoblarga boy tarzda o'tkazilgan matbuot anjumani davomida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.