Yangiliklar
"Targ‘ibot poyezdi" "Huquq sinfi"da
????Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida Termiz shahar 23-sonli maktabning "Huquq sinfi"da bo‘lajak huquqshunoslar uchun dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
????Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, aholini, xususan, talabalani qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab -quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF–87-son Farmoniga muvofiq "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida har oyning ikkinchi haftasi shanba va yakshanba kunlari "Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni" etib belgilangan.
???? Farmon ijrosini ta'minlash va xodimlarning ishchanlik kayfiyatini ko'tarish maqsadida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizim xodimlari uchun har oyda ichki turizm tadbiri tashkil etib kelinmoqda.
????Jamoa Termiz shahridan uch km shimoli-sharqda, Surxon daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan "Sulton Saodat" majmuasiga tashrif buyurib uning boy tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida Surxondaryo viloyat yuridik texnikumida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, aholini, xususan, talabalani qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab -quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish bo‘ldi.
Bandixon tuman adliya bo‘limi va tuman prokuraturasi mas'ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-son "2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida, mas'ullar tomonidan keng jamoatchilikka mazkur qaror yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
#Intellektual_mulk
Termiz tumani "Yangiobod" mahallasi hududida joylashgan Termiz Davlat pedagogika institutida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan tasdiqlangan Reja-jadvalga asosan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Roziqov rahbarligida, intellektual mulk masalalarida tadbirkorlik subyektlari va ijod vakillari ishtirokida Sayyor qabul va targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Qabul davomida 6 nafar fuqarolarning murojaatlariga shu joyning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 4 nafar fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari ish yurituviga olindi.
Shuningdek, Tadbir ishtirokchilariga mualliflik huquqiga oid tarqatma materiallar va kontrafakt mahsulotlar katalogi tarqatildi.
Kuz–qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Surxondaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari viloyat adliya boshqarmasida bo‘lishdi.
Tashrif davomida binolardagi isitish tizimlari, elektr tarmoqlari, yong‘in xavfsizligi vositalari va boshqa muhim infratuzilma holati o‘rganildi.
Mutaxassislar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yong‘in va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir kuz–qish mavsumida xodimlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan.
Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining qo'shma qaroriga asosan "Huquqshunoslik" fan olimpiadasi tashkil etildi.
Mazkur olimpiada adliya tizimiga biriktirilgan umumta'lim maktablarining 8-11-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilishi belgilangan.
Surxondaryo viloyatining 15 ta umumta'lim maktablarida 1000 nafardan ortiq o'quvchilar tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida ishtirok etishdi.
Olimpiadaning viloyat bosqichida 3 ta shart asosida 60 nafar o'quvchi-yoshlar o'zaro bellashishdi.
Olimpiadaning Respublika bosqichiga chiqqan g'oliblar:
8-sinflar orasida: Uzun tumanidan M.Jo‘rayeva
9-sinflar kesimida: Qiziriq tumanidan D.Rustamov
10-sinflar kesimida: Uzun tumanidan S.Qurbonova
11-sinflar kesimida: Denov tumanidan U.Ergashev
Adliya boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi barcha ishtirokchilarga respublika bosqichida ham omad tilaydi!
Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga Kontrafakt mahsulotlarining salbiy oqibatlaridan ogoh etishga chorlovchi va kontrafakt mahsulotlar haqida yaxlit tushuncha hosil qilishga xizmat qiluvchi “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” tarqatildi.
????Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bo'yicha kiritilayotgan o'zgartirishlar haqida tushunchalar berib o'tildi.
✅ Bugun viloyat “Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2025-yilning o‘tgan 9 oyligi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
❓Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqovning axboroti tinglandi.
???? O'tkazilgan matbuot anjumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.
✅Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan TerDU talabalari o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida «Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅Termiz shahar adliya bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘tgan suhbat va targ‘ibot tadbirlarida talabalar bilan ochiq muloqot qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, halollik indeksi tushunchasi va fuqarolik mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.