Yangiliklar
Boysun tuman adliya bo‘lim mas’ullari tomonidan tumandagi “Ko‘chkak” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida sayyor qabul hamda uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 15 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan, 10 nafar fuqarolarning murojaatlariga shu joyning o‘zida javob berilgan bo‘lsa, 4 nafar nogiron fuqarolarning sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq imtiyozlar qo‘llanilishiga oid masalalar yuzasidan murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 12 nafar fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sayyor qabuldan so‘ng uyma-uy yurish orqali 20 dan ortiq xonadonlarga kirib borildi. Uyma-uy yurish davomida fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari o‘rganildi hamda ularga o‘zlari uchun muhim bo‘lgan qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bugun Angor tumani "Ilg’or" mahallasida sayyor davlat xizmatlari ko’rsatildi. Xizmat ko‘rsatish davomida:
3 nafar fuqaroga elektron raqamli imzo berildi.
10 nafar fuqaro Dehqon xo’jaligi yuritsh bo‘yicha davlat ro’yxatidan o’tkazildi;
2 nafar fuqaro Mobile ID dan ro’yxatdan o’tkazildi;
8 nafar fuqaro esa Face Id ro’yxatidan o’tkazildi.
"Adliya ayoli" ko'rik tanlovning viloyat bosqichida 5 nafar soha xodimalari ishtirok etib, belgilangan uchta shart asosida g'oliblik uchun o'zaro bahslashishdi.
✅ Ishtirokchilar birinchi shartda huquqiy mavzudagi test sinovidan o'tgan bo'lsa, ikkinchi shartda ish faoliyatida duch keladigan dolzarb masalalarni hal etish borasidagi takliflari eshitildi.
✅ Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra,
1- o'rin: Boysun tuman FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori Xoliyorova Dilrabo;
2- o'rin: Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi bosh maslahatchisi Yo‘ldosheva Dildora;
3- o'rin: Sherobod tumani adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 1-toifali inspektor Xudoymurodova Zamiraga nasib etdi.
✅Tanlovning g'olib va sovrindorlari viloyat adliya boshqarmasining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Angor tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi "Kayran" mahallasida "Adliya kuni" hamda "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, 33 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 5 nafar fuqarolarning murojaati o‘rganish muddat atalab tganligi sababli ish yurituvga qabul qilindi.
Shuningdek fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshoatlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi Qonuni, odam savdosi va unga qarshi kurashish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Denov tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi Lolazor mahallasida "Adliya kuni" hamda "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, 31 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 7 nafariga sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilib murojaatlari shu joyning o‘zida qanoatlantiirldi.
Shuningdek fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshoatlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi Qonuni, odam savdosi va unga qarshi kurashish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Bugun Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan shahardagi "Chegara" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni" va "Sayyor qabul" tadbirlari tashkil etildi.
✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
???? Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan 10 dan ortiq masalalar bo‘yicha huquqiy muammolar alohida ish yurituvga olindi.
❇️ Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar imtiyozlar haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.
✅Tadbir ishtirokchilariga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.
Tahlil davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tizim xodimlariga batafsil tushuntirishlar berildi.
Qiziriq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan "Istiqlol" mahallasida yashovchi II guruh nogironi O.Allamurodovaga sayyor taribda davlat xizmatlari ko'rsatilib fuqaroga elektron raqamli imzo olib berildi.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida yana bir xayrli ish amalga oshirildi.
Angor tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 13 yildan beri sha’riy nikoh asosida birga yashab kelayotgan oilaning huquqiy maqomini ta’minlash maqsadida, nikohi qonuniy tarzda qayd etilib, rasmiy nikoh guvohnomasi topshirildi.
Mazkur tashabbus “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmasligi” yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘lib, jamiyatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Unda o'tgan 2025-yil I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar ijrosi, tizimda erishilgan yutuqlar barobarida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar keng muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yo‘l qo‘yilgan sustkashliklarga barham berish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.