Yangiliklar
Sayyor qabul davomida fuqarolarning muammolari o'rganilib va 8 ta murojaat bo'lim ish yurituviga qabul qilindi qaratildi hamda 11 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmnatlari ko‘rsatildi.
Qabul davomida ishtirokchilarga aholining kundalik hayotida ko‘p uchraydigan huquqiy masalalar sodda, xalqchil tilda tushuntirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1080-son Qonuni, shuningdek, Davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli va 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli Qarorlarining mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbirga 30 dan ortiq yoshlar va jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. Tadbirda tuzilma rahbarlari va xodimlari tashrif buyurgan yoshlarga o‘zlarining faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berishdi.
Yoshlar aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatishga oid jonli jarayonlarni kuzatish barobarida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Ta’sirchan hikoya tayyorlash, fuqarolar bilan muloqot qilish va innovatsion ma’lumot ulashish vositalaridan foydalanish bo‘yicha PR mutaxassislarining malakasini oshirish orqali bunga erishish mumkin.
O‘zbekistonning turli hududlaridan 25 dan ortiq PR mutaxassislari Toshkent viloyatida uch kunlik “Davlat xizmatlarini ilg‘or axborot bilan yaqinlashtiramiz” mavzusidagi treningda yig‘ildilar.
Ular birgalikda quyidagi mavzularni o‘zlashtirishdi:
Qisqa va ta’sirchan xabarlar yozish
Chiroyli vizuallar, reels va infografikalar yaratish
AI vositalaridan samarali foydalanish
OAV bilan hamkorlikni kuchaytirish
Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Sho'rchi tuman adliya bo‘limida “Ochiq adliya” dasturi doirasida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga 40 dan ortiq yoshlar va jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. Tadbirda tuzilma rahbarlari va xodimlari tashrif buyurgan yoshlarga o‘zlarining faoliyati yo‘nalsihlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berishdi.
Yoshlar aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatishga oid jonli jarayonlarni kuzatish barobarida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
????2025 yil 2-3 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyati, tuman(shahar) hokimliklari hamda adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining «E-qaror» elektron tizimiga mas’ul xodimlari ishtirokida “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlar qabul qilish holatlari” mavzusida «ZOOM» platformasida seminar tashkil etildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov tomonidan navbatdagi sayyor qabul Sariosiyo tumani "Afrosiyob" kichik sanoat zonasida tadbirkorlik subyektlari uchun tashkil etildi.
Qiziriq tuman Adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi direktori Tog'ayev O'ktam Tashanovich Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi. "1-oktyabr ustoz va murabbiylar Kuni" bayrami munosabati bilan hamda "Ustozga e'htirom" loyihasi doirasida ustoz va murabbiylar bilan davra suhbati o'tkazdi. Suhbat davomida ustozlarni bayram bilan tabriklab, ustozlarga berilayotgan e'tibor, imtiyozlar, imkoniyatlar va huquqlar haqida aytib o'tdi.
#Adliya_hudud #Huquqiy_komak
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi nogironligi bo`lgan bolalar uchun “Muruvvat” internet uyida "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Shuningdek, tinglovchilarga O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshoatlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi Qonuni, O‘RQ-1083-son Qonun, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan Axmedov Ruslan Sodikovich hamda Sobirov Nodir Qosimovich (ism sharifi o‘zgartirilgan)larga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Jumladan, R.Axmedov fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2022 yil 19 avgustdagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi Amirqulova Shoxsanam Ergashevnaning foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandining ta’minoti uchun barcha ish haqi va boshqa barcha ishlab topgan daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment to‘lashi lozim bo‘lsada, 2024 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 sentabrgacha bo‘lgan davr uchun jami bo‘lib, 27.181.713 so‘m aliment, qarzlarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlariga ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.(Batafsil...)
Tadbir doirasida yoshlarni qiziqtirgan bir qancha savollarga tuman adliya bo‘limi boshlig‘i hamda tizim xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar, xususan adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqa yo‘nalishlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
???? Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!