Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

24
Bozorlar va yirik savdo majmualari, savdo do‘konlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarida profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.

Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga Kontrafakt mahsulotlarining salbiy oqibatlaridan ogoh etishga chorlovchi va kontrafakt mahsulotlar haqida yaxlit tushuncha hosil qilishga xizmat qiluvchi “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” tarqatildi.

????Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bo'yicha kiritilayotgan o'zgartirishlar haqida  tushunchalar berib o'tildi.

24
9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

✅ Bugun viloyat “Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2025-yilning o‘tgan 9 oyligi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

❓Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqovning axboroti tinglandi.

???? O'tkazilgan matbuot anjumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.

24
«Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

✅Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan TerDU talabalari o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida «Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

✅Termiz shahar adliya bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘tgan suhbat va targ‘ibot tadbirlarida talabalar bilan ochiq muloqot qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, halollik indeksi tushunchasi va fuqarolik mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

23
"Huquq sinfi"da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Angor tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi otaliqqa olingan maktabning "Huquq sinfi"da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

????Angor tumanidagi otaliqqa olingan 23-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Oila huquqi asoslari" hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-asosiy qomusimiz" mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Dars davomida mavzu yuzasidan bellashuv tashkile qilinib, g‘oliblar adliya bo‘limi tomonidan kitoblar esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi. Shuningdek, "Huquq sinfi" fondi uchun kitoblar to‘plami  taqdim etildi.

⚠️Dars davomida 8-9-sinf  oʻquvchilari oʻzlari qiziqtirgan savollariga amaliyotchi yuristlar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

❓Darsda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham atroflicha maʼlumot berildi.

23
Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi talabalari uchun amaliy dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat yuridik texnikumi talabalari uchun notarial palata Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat FHDY arxivi va  Notarial arxivida amaliy dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

????Notariuslar faoliyati, ularning asosiy vazifalari va ishlovchi hujjatlarning turlari haqida ma'lumotlar olishdi. Notariuslarning ahamiyatini va huquqiy tizimdagi rolini juda yaxshi tushunib yetdilar.

Shuningdek, O'quvchi-yoshlar nikohni qayd etishga zarur harakatlar va hujjatlar bilan tanishib, nazariy huquqiy bilimlarni mustahkamladi.

23
“Huquq sinfi”da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Boysun tumanida otaliqqa olingan maktabdagi “Huquq sinfi”da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Boysun tumanidagi otaliqqa olingan 61-sonli maktabida "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-asosiy qomusimiz" hamda “Inson huquqlari va burchlari” mavzlarida tuman adliya bo‘limi tomonidan advokat X.Shoimova bilan birgalikda huquq sinfida huquq darslar tashkil etildi.

Darslar davomida 10-11-sinf  oʻquvchilari oʻzlari qiziqtirgan savollariga amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

Shuningdek, darslarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham atroflicha maʼlumot berildi.

22
Kontrafakt kitoblar realizatsiyasini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

“San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida Adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi kitob do‘konlarida kontrafakt kitoblar realizatsiyasini oldini olish yuzasidan sohaga oid tarqatma materiallar tarqatilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati haqida, jumladan mualliflik  huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

22
"Jinjaktepa" mahallasi huquqiy muammolardan holi hududga aylanmoqda

Bugun Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan DXM va FHDY bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi  Jinjaktepa MFY aholsi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazilib, tadbir davomida “Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyati oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.

✅Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi hamda firibgarlik, bezorilik, o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlar hamda ularning oqibatlari, oldini olish va javobgarlik masalalari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi hamda ularni qiziqtirgan turli xil masalalari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

✅Shu bilan birga, sayyor qabul davomida 15 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 10 nafar fuqarolar murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 4 nafar fuqarolarning soliq, “Ayollar daftari” va ishga joylashish bilan bog‘liq imtiyozlar qo‘llanilishiga oid masalalar yuzasidan murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi hamda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

22
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan tizim xodimlari bilan individual profilaktik suhbat olib borildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi Sh.Mirzayev va Inson resurslari sho‘basi bosh maslahatchisi B.Sharipov  tomonidan Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan individual profilaktik suhbat o‘tkazildi.

????Suhbat davomida xodimlarga Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan qoidalarga rioya qilishi shartligi tushuntirildi.

????Shuningdek,  odob-axloq va kasb etikasi qoidalariga, jumladan, yurish-turish, kiyinish, muomala madaniyatiga qat’iy rioya etish, ish vaqtida spirtli ichimlik yoki giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’mol qilmasliklari, shuningdek, Ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishlari ta'kidlab o‘tildi.

22
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Mehr ulash" xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

Boshqarma tizimida doimiy tashkil etilib kelinadigan ushbu xayrli aksiyada nafaqat boshqarma markaziy apparati xodimlari, balki, tuman(shahar) adliya bo‘limlari xodimlari ham faol ishtirok etdi.

❤️O‘ylaymizki, topshirilgan donorlik qonlari turli kasalliklar yoki baxtsiz xodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.