Yangiliklar
Unda saralash bosqichlaridan oʻtgan 39 nafar ishtirokchi 3-shart bo‘yicha bahs olib borishdi, yaʼni test, blits savol-javob va mavzu taqdimoti sharti yuzasidan bellashuvni davom ettirdi. Hakamlar hayʼati tomonidan baho qoʻyish jarayonida mavzuning taqdimot asosida yoritilishi, uning mavzu yuzasidan huquqiy bilimlari darajasi, shu bilan birga oʻqituvchining notiqlik mahorati ham inobatga olindi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, quyidagi o'qituvchilar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
1-o‘rinni Qiziriq tumani 32-maktab o‘qituvchisi Sa`dullaeva Dilrabo Xayrullayevna
2 -o‘rinni Qumqo`rg`on tumanidagi 3-maktab o‘qituvchisi Xoshboqov Turdimurod Komil o‘g‘li
3-o‘rinni Uzun tumanidagi 20-maktab o‘qituvchisi Do`stnazarov Rustam Ko‘charovich egalladi.
G‘oliblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi, shahar prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi hamkorligida sayyor sud tashkil etildi.
Sayyor sud majlisida jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining tergov sudyalari I.Shaymanov va G‘.Ostonov tomonidan voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan 14 (o‘n to‘rt) nafar shaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Termiz tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 13 va 14-sonli maktab o‘quvchilari tumandagi 42858-sonli harbiy qismga olib borilib, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti, ularning oziq-ovqat bilan ta’minlanishi, kundalik mashg‘uloti, ular foydalanadigan qurol-aslahalari, ularning mashq mashg‘ulotlari, vatanni himoya qilishdagi jangovor tayyorgarligi bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, tadbir yakunida harbiy qism tantanali va harbiy jang chiqishlari qilinib, yoshlarni vatanparvarlik ishtiyoqini oshirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, tadbir davomida yoshlar harbiy sohada ko‘plab savollariga harbiy qism xodimlari atroflicha javob berishdi.
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 12-sonli umumta’lim maktabida profilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.
Shu bilan birga, yong‘in xavfsizligi qoidalari, tabiiy ofatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilish, birinchi yordam ko‘rsatish asoslari yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Bunday profilaktik uchrashuvlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, xavfsiz hayot ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda bo‘lim rahbariyati va xodimlari ishtirok etib, yoshlarning fikr va takliflari tinglandi.
Uchrashuv davomida, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandlik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqilib, barcha masalalar ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabul davomida, 15 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 7 nafar fuqarolarning murojaati shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, 8 ta murojaat o‘rganish esa muddat talab etganligi sababli ish yurituviga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, tadbir davomida 12 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi va tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Tadbir davomida, Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati hamda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va ularga berilgan imtiyozlar haqida keng aholi qatlamiga batafsil tushuntirishlar berildi
Mana 5 yildirki mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
Ushbu loyiha atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil hududlar maydonini kengaytirish orqali aholi uchun sog‘lom va musaffo muhit yaratishga xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.
Ana shunday ezgu ishlardan biri sifatida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Alisher Isoqov rahbarligida yoshlar ishtirokida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida hudud iqlimiga mos bo‘lgan turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, hudud yanada obod bo‘lishiga hissa qo‘shildi.
Yurtimizda har payshanba “Yoshlar kuni” kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov tashabbusi bilan Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismida “Adliya va yosh harbiy xizmatchilar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda Prezidentimizning 07.04.2026 yildagi “Qurolli Kuchlar tizimida respublika kitobxonlik tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-128-son qarori mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, yosh harbiy xizmatchilarga bugungi kunida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida yosh harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, shuningdek, ularni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari A. Roziqov ishtirokida Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot va ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga qonunchilikdagi yangiliklar, ular uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan film namoyish etildi.
Namoyishdan so‘ng o‘quvchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ular bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tarixiy shaxslardan ibrat olish, Vatanga sadoqat ruhida kamol topish muhimligi haqida fikr almashildi.
“O‘zimiz keldik” tamoyili asosida tuman markazidan ancha olisda joylashgan “Gulbahor” mahallasida fuqarolarga 15 tadan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sayyor qabul davomida aholining huquqiy masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi, zarur hujjatlar rasmiylashtirildi hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bu kabi tadbirlar aholiga davlat xizmatlarini yanada yaqinlashtirish, ortiqcha ovoragarchiliklarni bartaraf etish va fuqarolarning roziligini ta’minlashga xizmat qiladi.