Yangiliklar
Termiz tumanida yoshlarning fikr va takliflarini bevosita o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Termiz tumani adliya bo‘limi, Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda tuman hokimi Shuxrat Qalandarov ishtirokida xorijda ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va ayni paytda chet elda bo‘lib turgan yoshlar bilan onlayn videokonferensiya o‘tkazildi.Muloqot davomida yoshlarning xorijdagi ta’lim va mehnat faoliyati, mavjud imkoniyatlar hamda duch kelayotgan masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yoshlar tomonidan Termiz tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha takliflar bildirilib, xorijda orttirilayotgan bilim va tajribani kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga yo‘naltirish istagi qayd etildi.
Ochiq va samimiy muloqot yoshlar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, ularning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuslarini amaliy jihatdan rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi umumta‘lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida huquqiy targʻibot uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga “E-Huquqshunos” tizimidan foydalanish tartibi, uning imkoniyatlari hamda amaliy qoʻllash mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.Shuningdek, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori – “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik hamda kiberxavfsizlik bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda yangi qabul qilingan qonunlar, qaror va farmoyishlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Muzrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaganlik faktini sud tartibida belgilatish yuzasidan bergan arizalari to‘liq Sherabod tumanlararo sudi tomonidan qanoatlantirildi.
Natijada fuqarolarning qonuniy manfaatlari himoya etilib yashaganlik fakti belgilanishi ta'minlandi.
Adliya organlari tomonidan har bir murojaat e’tibor bilan o‘rganiladi va qonun ustuvorligi ta’minlanadi.
Sizning huquqingiz buzildimi? Adliyaga murojaat qiling — biz qonuniy manfaatlaringizni himoya qilamiz!
2026-yil 7-avgust kuni Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ismailov tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida NNTlar faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammolar, sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar, e-ngo.uz elektron platformasining yangi imkoniyatlari hamda hisobotlarni taqdim etish tartibi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.Shuningdek, ishtirokchilar bilan amaldagi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti, NNTlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir davomida NNT vakillarining murojaat, taklif va savollari tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot yakunida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish, doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
"Yoshlar kuni" munosabati bilan IT Park majmuasida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Tursunov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida innovatsiyalar, sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlarini rivojlantirish, yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini oshirish hamda innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tadbirda ChatGPT, Gemini kabi sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, tahliliy hisobotlar, taqdimotlar hamda huquqiy axborot materiallarini tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar va master-klasslar o‘tkazildi.
Shuningdek, "Sun’iy intellekt va kelajak kasblari" mavzusida ochiq muloqot tashkil etilib, sun’iy intellekt texnologiyalarining davlat boshqaruvi, huquqiy xizmatlar va ta’lim tizimidagi o‘rni hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir doirasida yoshlar tomonidan yaratilgan robototexnika va muhandislik loyihalari namoyish etilib, ularning innovatsion ishlanmalari bilan yaqindan tanishildi hamda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda mamlakatning raqamli taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chaqirildi.
Mazkur tadbir yoshlarning IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, innovatsion muhitni rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning uy-joy, ijtimoiy himoya, oilaviy munosabatlar, davlat xizmatlari, kadastr va boshqa huquqiy masalalarga oid murojaatlari qabul qilinib, ularning har biri yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlarga yuborildi.
Tadbir davomida nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarni mediatsiya asosida hal etish, xotin-qizlar hamda voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan fuqarolarga amaliy huquqiy tavsiyalar berildi.2026-yil 4-avgust kuni Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi "Surxon sohili" MFY hududida joylashgan istirohat bog‘ida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarka bitiruvchi yoshlar, xorijdan mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, ish izlayotgan yoshlar hamda xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga qaratildi.Tadbir davomida ishtirokchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish imkoniyatlari, kasb-hunarga yo‘naltirish va bandlik xizmatlari yuzasidan huquqiy hamda amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, fuqarolarga ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish va o‘zlariga mos ish o‘rinlarini tanlash imkoniyati yaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 327-bandi ijrosini taʼminlash hamda 30-iyul– Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan Termiz shahrida joylashgan Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va tegishli hamkor tashkilotlar hamkorligida “Doʻstlik” festivali doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, turli millat va elat vakillarining yagona Vatan ravnaqi yoʻlidagi birdamligini keng targʻib etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Festival doirasida “Biz – yagona Vatan farzandlarimiz”, “Oʻzbekiston – yagona Vatan” va “Qoʻshnichilik va bagʻrikenglik saboqlari” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar hamda davra suhbatlari tashkil etilib, ishtirokchilarga millatlararo totuvlikni asrash, inson qadrini ulugʻlash va jamiyatda oʻzaro hurmat tamoyillarini mustahkamlashning ahamiyati haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, festival doirasida milliy qadriyatlar va urf-odatlarni keng targʻib etuvchi madaniy chiqishlar, ijodiy uchrashuvlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida Vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuygʻularini ulugʻlovchi harbiy orkestrning tantanali konsert dasturi namoyish etildi.
Mazkur tadbir jamiyatda tinchlik, totuvlik va bagʻrikenglik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolarning vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirish hamda “Yangi Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” gʻoyasini keng targʻib etishga xizmat qildi.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov ishtirokida Termiz tumanining "M. Eshtemirov" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi doirasida sayyor qabul hamda fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning uy-joy, yer va kadastr, ijtimoiy himoya, bandlik, oilaviy munosabatlar, davlat xizmatlari hamda boshqa huquqiy masalalarga oid murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ularning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi hamda ijrosi nazoratga olindi.Shuningdek, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarni mediatsiya asosida hal etish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan fuqarolarga batafsil huquqiy tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot davomida PQ–1-son qarorining mazmun-mohiyati, mahallalarda aholi bilan manzilli ishlashning yangi tizimi, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan islohotlar yuzasidan keng qamrovli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlari, shuningdek, kiberjinoyatlar va kiberfiribgarliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar yetkazildi.
Tadbir yakunida kelib tushgan barcha murojaatlar alohida nazoratga olinib, ularni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, Sariosiyo tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi mas’ullari ishtirokida tumanning "Sangardak" mahallasida sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
???? Tadbir davomida fuqarolarga yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, jumladan, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, korrupsiyaning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan Prezident farmon va qarorlari yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.⚖️ Shuningdek, giyohvandlik, firibgarlik hamda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq xavf-xatarlarning oldini olish masalalari yuzasidan fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
???? Sayyor qabul yakunida 4 nafar fuqaroning murojaati joyida huquqiy tushuntirish berish orqali hal etildi, 4 ta murojaat esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun ijroga olindi.