Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

29
Sayyor xizmat - elga xizmat

Hududlarda joylarga chiqqan holda sayyor tartibda davlat xizmatlarini ko‘rsatish davom etmoqda.

Xususan, Angor tuman adliya boʻlimi DXM xodimlari tomonidan Angor Markaziy Dehqon bozori hududida sayyor tartibda 12 nafar fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Bu kabi tadbirlar fuqarolarning uzog‘ini yaqin, og‘irini esa yengil qilishiga ishonamiz!

29
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi, tuman(shahar) adliya bo‘limlari tomonidan uyma-uy yurish hamda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi manzil Uzun tumani! Ushbu tumandagi mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholi, shu jumladan yoshlarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, tadbirkorlarni qonunchilikda belgilangan huquqlar, imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilinib, huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

✅ Uyma-uy yurish davomida, mahalla aholisi qonunchilikdagi yangiliklardan ham xabardor qilinib, tadbir so‘ngida ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy tushuntirish berildi.

29
"Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaf qilishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan "Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaf qilishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Sho‘rchi tuman IIB, Mahallar uyushmasi tuman bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi,"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman soliq inspeksiyasidan sohaga mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Seminardan ko'zlangan maqsad mahallalardagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining sa’y-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.

28
Yana bir ko‘p yillik huquqiy muammo hal etildi

Denov tumani adliya bo‘limi 1-son  FHDY boʻlimi tomonidan  3 yildan buyon shaʼriy nikoh asosida yashab kelayotgan N.Ro'ziboyev va H.Maxammadiyevalarning nikohi qonuniy qayd etilib nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

28
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi, tuman(shahar) adliya bo‘limlari tomonidan uyma-uy yurish hamda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi, tuman(shahar) adliya bo‘limlari tomonidan uyma-uy yurish hamda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

♻️ Navbatdagi manzil Jarqo‘rg‘on tumani! Ushbu tumandagi mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholi, shu jumladan yoshlarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, tadbirkorlarni qonunchilikda belgilangan huquqlar, imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilinib, huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

✅ Uyma-uy yurish davomida, mahalla aholisi qonunchilikdagi yangiliklardan ham xabardor qilinib, tadbir so‘ngida ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy tushuntirish berildi.

28
Birga yashab oʻtilgan 25 yilga qonuniy muhr qo‘yildi.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida yana bir xayrli ish amalga oshirildi.

Termiz shahar adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Alpomish” mahallasida yashovchi I. Salimov va U. Norbayeva yigirma besh yildan beri faqat sha’riy nikoh asosida birga yashab kelayotganliklari aniqlandi.

Ularning huquqiy maqomini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 28-iyul kuni nikoh qonuniy tarzda qayd etilib, rasmiy nikoh guvohnomasi topshirildi.

Mazkur tashabbus “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmasligi” yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘lib, jamiyatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

25
"Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaf qilishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Bugun Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov rahbarligida "Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaf qilishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

25
Mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan "Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" huquqiy aksiyasi doirasida tumandagi ish izlab yurgan shaxslar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu tadbirdan maqsad ishsiz yurgan shaxslarni qulay ish bilan ta'minlashdir.

25
Team building dasturi doirasida tadbir tashkil etildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida Adliya organlari xodimlarining ishchanlik kayfiyatini oshirish maqsadida 2025-yil uchun tasdiqlangan "Team building" dasturi doirasida 2 (Ikki) karra jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari chempioni, xalqaro toifadagi sportchi Shermuhammad Jandriyev ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida, taniqli sport ustasi erishgan yutuqlari hamda bu mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishda qanday qiyinchiliklarga duch kelganligi, eng asosiychi bu to‘siqlarni yengishda kimlar yaqindan yordam berib, qo‘llab-quvvatlaganligi hamda qay bir tutgan yo‘li sportchini dunyoga tanitganligi haqida qiziqarli suhbat bo‘ldi.

25
Yarim yillik sarhisobi bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun “Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2025-yil II choragi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi vakili A.Rahmonovning axboroti tinglandi.

➡️ O'tkazilgan matbuot anjumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.