Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
22
SOG‘LOM HAYOT SARI BIRGA YUGURAMIZ!

 22-oktabr kuni “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidan rahbarlar va yoshlar ishtirokida yugurish marafoni tashkil etildi.

 Marafon davomida ishtirokchilarga yugurish tartibi va xavfsizlik qoidalari tushuntirilib, sog‘lom turmush tarziga rioya etishning ahamiyati ta’kidlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida sportga qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va rahbarlar bilan yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

16
“Men qoidalarga amal qilaman” huquqiy chellenji o‘tkazildi!

Yoshlar kuni doirasida yoshlar o‘rtasida qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash, ularning ma’naviy-huquqiy bilimlarini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Boysun tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Men qoidalarga amal qilaman” huquqiy chellenji doirasida uchrashuv va davra suhbati o‘tkazildi.

2026-yil 16-oktabr kuni Boysun tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi hamda tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, piyodalar o‘tish joyidan va svetoforning yashil chirog‘ida o‘tish, xavfsizlik kamaridan foydalanish hamda transport vositasini boshqarishda telefondan foydalanmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, internetdan foydalanishda axborotlarni tanqidiy baholash, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, huquq va majburiyatlarini bilish hamda qonun-qoidalarga ongli ravishda rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirish va qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

15
Milliy qadriyatlar — tariximiz va ma’naviyatimiz ko‘zgusi!

 “Yoshlar kuni” doirasida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat va tarixiy merosimizga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Uzun tumanida yoshlar tarixiy meros bilan tanishdi

Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish maqsadida “Kelajak markazi”da uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlar markazda joylashgan tarixiy yodgorliklar bilan tanishib, xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va madaniy merosi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 Shuningdek, tarixiy obidalarni asrab-avaylash, milliy merosimizni kelajak avlodlarga yetkazish hamda yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.

O‘z tarixini bilgan va milliy qadriyatlarini e’zozlagan yoshlar — yurt kelajagining bunyodkorlaridir!

08
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida diniy-ma’rifiy muloqot tashkil etildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatish, ularning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish, yoshlarni qiziqtirayotgan masalalarni muhokama qilish hamda turli yot va zararli g‘oyalarning salbiy ta’siridan himoyalanish bo‘yicha zarur tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv doirasida “Terrorizm va diniy ekstremizm – davr muammosi” mavzusida diniy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida diniy ekstremizm, radikalizm, terrorizm va turli yot g‘oyalarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat, ayniqsa, yoshlar hayotiga salbiy ta’siri hamda bunday tahdidlarga qarshi kurashishning huquqiy va ma’naviy asoslari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarning turli axborot manbalaridan foydalanishda tanqidiy fikrlash, ishonchsiz va zararli axborotlarni farqlash, internet makonida hushyorlikni saqlash, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik hamda huquqiy jihatdan to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qonunchilik talablari va huquqiy mexanizmlar yuzasidan ham ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javob shaklida davom etdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Mutaxassislar tomonidan ularning savollariga atroflicha javoblar berildi.

Yoshlar bilan muloqot davomida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, qonunlarga rioya qilish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari yoshlarning fikr va tashabbuslarini bevosita tinglash, ularning muammolarini o‘rganish, huquqiy-ma’rifiy bilimlarini oshirish hamda yosh avlodning jamiyatdagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy maqsad — yoshlarni huquqiy jihatdan savodli, ma’naviy yetuk, tanqidiy fikrlaydigan va turli zararli g‘oyalarga nisbatan mustahkam immunitetga ega shaxslar etib tarbiyalash.

28
“Street Law” loyihasi doirasida yoshlar ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni huquqiy savodxon, ijtimoiy faol va mas’uliyatli shaxslar etib tarbiyalash maqsadida huquqiy targ‘ibotning zamonaviy va interaktiv shakllaridan biri bo‘lgan “Street Law” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.|

Amaliy mashg‘ulotlar: Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Yuridik texnikum talabalari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida yoshlarning huquqiy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Hayotiy vaziyatlar tahlili: Tadbir davomida hayotiy voqealarga asoslangan amaliy huquqiy mashg‘ulotlar va muhokamalar tashkil etilib, yoshlarning turli huquqiy vaziyatlarni tahlil qilish va ularga qonunchilik asosida yechim topish ko‘nikmalari shakllantirildi.

Sud jarayoni imitatsiyasi: Sud jarayonlarining taqlidiy ko‘rinishlari tashkil etilib, yoshlarning sud-huquq tizimi faoliyati haqidagi tasavvurlarini boyitish hamda qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Ochiq muloqot: Yoshlarni qiziqtirgan dolzarb huquqiy masalalar yuzasidan savol-javob va ochiq muloqotlar tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mutaxassislar bilan tajriba almashish: Tadbirda notariuslar, advokatlar, huquqshunoslar hamda boshqa soha mutaxassislari ishtirok etib, yoshlar bilan huquqni qo‘llash amaliyoti, kasbiy faoliyat va kundalik hayotda uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan fikr va tajriba almashdilar.

“Street Law” loyihasi doirasidagi bunday amaliy va interaktiv tadbirlar yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, shuningdek, ularni huquqni qo‘llash amaliyoti bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qilmoqda.

24
Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Tursunov tomonidan Termiz davlat universiteti talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquq va majburiyatlarini chuqur anglash, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Talabalar bilan ochiq muloqot davomida yoshlar o‘rtasida uchrashi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar, ularning huquqiy oqibatlari va qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Uchrashuvda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari, narkojinoyatlarning oldini olish hamda bunday noqonuniy xatti-harakatlar uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda turli salbiy ta’sirlarga berilmaslikka chaqirildi.

Uchrashuv yakunida talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot davom ettirilib, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalar tinglandi.

Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettiriladi.


21
Narkologiya va giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Sariosiyo tuman adliya bo‘limi va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2026-yil 21-sentabr kuni tumandagi 47-sonli umumta’lim maktabida uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi O‘RQ-1151-son Qonuni mazmun-mohiyati, shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari, narkojinoyatlarning oldini olish va ushbu yo‘nalishdagi qonunchilik hujjatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida xabardorligini oshirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan qisqa metrajli videoroliklar namoyish etildi.

Tadbir yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

17
Bir kun — bir olam taassurot: yoshlar adliya tizimi faoliyati bilan tanishdi

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Sherobod tumanida yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Adliyada bir kun” loyihasi tashkil etildi.

Tumanning 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 11-sinf oʻquvchilar uchun tashkil etilgan loyiha davomida yoshlar adliya organlarining kundalik faoliyati, asosiy vazifalari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir avvalida adliya organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlar kichik guruhlarga bo‘linib, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va FHDY bo‘limlari faoliyati bilan bevosita tanishdilar hamda mutaxassislarning ish jarayonini kuzatdilar.

Kasb haqida o‘qish — bir masala, uni amaliyotda ko‘rish esa butunlay boshqa tajriba. “Adliyada bir kun” loyihasi yoshlarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash va kelajakdagi faoliyati haqida tasavvurini kengaytirishga xizmat qildi.

Bir kunlik tashrif — katta tajriba.

10
SUN’IY INTELLEKT VA HUQUQ: KELAJAK SRI MUHIM QADAM

Bugun “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Boysun tumanidagi SMART-ID PARK o‘quv markazi va  IT park majmuasi hamda 1-son texnikumlarida  “Sun’iy intellekt bilan kelajak sari” mavzusida yoshlar uchun master-klasslar tashkil etildi.

Tadbirlarda Boysun tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N. Mamadiyev va  “UNIKOM SOFT” MChJ tuman filiali boshlig‘i J.Xayrullayevlar ishtirok etishib, IT va sun’iy intellekt yo‘nalishida yoshlar bilan fikrlar almashildi.

Xususan, tadbirlar davomida mas’ullar tomonidan yoshlarga sun’iy intellekt texnologiyalarining asoslari, ularning zamonaviy hayot va kasbiy faoliyatdagi qo‘llanilish imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi hamda ChatGPT, Gemini kabi sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, tahliliy hisobotlar, taqdimotlar hamda huquqiy axborot materiallarini tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar va master-klasslar o‘tkazildi.

Tadbirlar yakunida yoshlarga IT va sun’iy intellekt yo‘nalishida rivojlantirish, zamonaviy kasblarni egallash hamda mavjud ta’lim platformalari va loyihalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son va PQ–2-son qarorlari haqida va kiberjinoyatlar, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish va ular uchun belgilangan javobgarlik masalalari yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda mamlakatning raqamli taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chaqirildi.

Asosiy maqsad – yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, istiqbolli IT loyihalarni amalga oshirish hamda yaratilayotgan dasturiy mahsulotlarni qonuniy va huquqiy jihatdan himoya qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yo‘naltirish.

03
Yoshlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni doirasida IT sohasidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Ismailov tomonidan Termiz shahrida joylashgan IT Parkda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv Yoshlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni doirasida tashkil etilib, unda dasturlash, axborot texnologiyalari va zamonaviy raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan hamda ushbu yo‘nalishga qiziqish bildirayotgan yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning intellektual mulk sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan yaratilayotgan dasturiy mahsulotlar, raqamli loyihalar va innovatsion ishlanmalarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida yaratilayotgan dasturiy mahsulotlar, mobil ilovalar, veb-saytlar va boshqa raqamli ishlanmalarning mualliflik huquqi bilan bog‘liq jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan mualliflik huquqi, intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish, huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda huquq buzilgan hollarda qonuniy himoya mexanizmlaridan foydalanish tartibi haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir ishtirokchilariga o‘zlari yaratgan dasturiy mahsulot va IT loyihalarini huquqiy jihatdan himoya qilish, mualliflik huquqini rasmiylashtirish hamda intellektual mulk sohasidagi mavjud elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, ularning taklif va fikrlari tinglandi. Ayniqsa, yosh dasturchilar tomonidan yaratilayotgan yangi g‘oyalar va raqamli loyihalarning huquqiy himoyasini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, istiqbolli IT loyihalarni amalga oshirish hamda yaratilayotgan dasturiy mahsulotlarni qonuniy va huquqiy jihatdan himoya qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yo‘naltirildi.