Yangiliklar
Mazkur seminarda Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hatamov ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish vazirlik tizimining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligini, bu borada vazirlik tomonidan bir qator tashkiliy-amaliy choralar ko‘rib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularning bartaraf etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlarni yanada tizimli tashkil etish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berdi.(Batafsil...)
Jinoyat ishlarri bo‘yicha Termiz shahar sudining ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun amlimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan Axmedov Ruslan Sodikovich (ism sharifi o‘zgartirilgan)ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2025 yil 18 yanvardagi hal qiluv qaroriga aossan, qarzdor Axmedov Ruslan Sodikovichdan undiruvchi Safarova Nargiza Jo‘raevna (ism sharifi o‘zgartirilgan) foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti barcha ish haqi va boshqa barcha ishlab topgan daromadlarining 1\3 qismi miqdorida aliment to‘lash lozim bo‘ladi, 2025 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 iyunga qadar bo‘lgan davr uchun jami bo‘lib 8.162.810 so‘m aliment qarzlarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlariga ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.(Batafsil...)
✅ Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidan chekka hududdagi ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan "og‘ir toifadagi" jinoyatchilik va murojaatlar oshgan hamda ko‘pmillatli "Navro‘z" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri tashkil etildi.
✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha huquqiy muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
❇️ Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar va imtiyozlar haqida targ‘ibot materiallari va bukletlar tarqatildi.
✅Tadbir ishtirokchilariga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.(Batafsil...)
✅ Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan chekka hududdagi ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan "og‘ir toifadagi" jinoyatchilik va murojaatlar oshgan hamda ko‘pmillatli "Amu sohillari" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri tashkil etildi.
✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha huquqiy muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
❇️ Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar va imtiyozlar haqida targ‘ibot materiallari va bukletlar tarqatildi.
✅Tadbir ishtirokchilariga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.(Batafsil...)
FHDY bo'limi tomonidan ularning 2024-yilda tug'ilgan farzandining tug'ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi aniqlanib, belgilangan tartibda tug'ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilib, guvohnoma rasmiylashtirilib ushbu oilaga taqdim etildi.
Mamlakatimizda 2025 yil 1 yanvardan boshlab, jinoyat ishini yuritishga mas’ul shaxslar ro‘yxatiga “tergov sudyasi” lavozimi qo‘shildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyunda qabul qilingan «Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bu yangi lavozimning joriy etilishiga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
Shu bilan birga, sud-tergov amaliyoti inson huquq va va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlar to‘liq ishga solinganligini, shuningdek jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali ishonchli ta’minlash choralarini kuchaytirish zarurati mavjudligini ko‘rsatmoqda.(Batafsil...)
Mamlakatimizda sud qarorlari ijrosini qonuniy muddatlarda ta’minlash orqali fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishga dolzarb vazifa sifatida alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
2024 yil 3 iyun kuni Majburiy ijro byurosining Termiz shahar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi xamkorligida majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limining barcha davlat ijrochilari ishtirokida sud qarorlarining ijrosini ta’minlash masalasida davra suhbati shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.(Batafsil...)
Uzun tuman 4-sonli umumta'lim maktabida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Tursunovning navbatdagi sayyor qabuli o'tkazildi.
Qabul davomida 50 nafardan ortiq fuqarolarning murojaati tinglandi. Shundan 30 nafar fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Muddat talab etadigan 12 nafar fuqarolarning murojaati adliya organlari ish yurituviga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, 10 dan ortiq fuqarolarning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojaatlari joyida qanoatlantirilib ularga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
✅ Termiz shahar adliya bo‘limi, YXKM, DXM xodimlari hamda Termiz tumanlararo sudi raisi J.Achilovlar tomonidan shaharning "Kokildor ota" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni" va "Sayyor qabul" tadbirlari tashkil etildi.
✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan 10 dan ortiq masalalar bo‘yicha huquqiy muammolar alohida ish yurituvga olindi.
❇️ Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar imtiyozlar haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.
✅Tadbir ishtirokchilari bergan huquqiy masalalarga oid savollarga javob berildi.(Batafsil...)
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat qon quyish markazi bilan birgalikda “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
????Adliya boshqarmasi jamoasi “Donor sifatida mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling” chaqirig‘i bilan qolganlarni ham ushbu xayriya aksiyasida ishtirok etishlarini chorlaydi.