Yangiliklar
Bugungi globallashuv va tezkor axborot davrida bolalar va yoshlarning huquqlarini ta’minlash, ularni har qanday xavf va kamsitishlardan himoya qilish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zero, bola — jamiyat kelajagi, yoshlar esa mamlakat taraqqiyotining kuchli tayanchidir.
Termiz shahar adliya bo`limi tomonidan shaharning 26-maktabida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida targ`ibot tadbirlari va ochiq dars mashg`ulotlari o`tkazdi.
Tadbir davomida Termiz shahar adliya bo'limi tomonidan bolalar xavfsizligini ta’minlash va yoshlarning huquqiy ongini mustahkamlashga qaratilgan darslar o`tkazildi.
Mazkur loyiha doirasida Termiz davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Savol-javoblarga boy va mazmunli tarzda tashkil qilingan tadbirda o'quvchilar o‘z savollariga batafsil javoblar olishdi.
Shuningdek, “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga oid turli interfaol o‘yinlar, viktorinalar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida 2025-yilda
o‘tkaziladigan “timbilding” tadbirlar dasturiga asosan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tizim xodimlari orasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha "Boshqarma boshlig‘i kubogi" o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda g‘olib jamoa qo‘shimcha bo‘limlar natijasida aniqlandi.
✅1-o‘rin: Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi jamoasi;
✅2-o‘rin: Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi;
✅ 3-o‘rin: Muzrabot tuman adliya bo‘limi jamoasi.
#konstitutsiya
#davra_suhbati
Surxondaryo viloyat prokuraturasi va viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Termiz davlat universitetida “Korrupsiyadan holi yangi O’zbekiston uchun birlashaylik” hamda “Konstitutsiya - inson qadri, erkinlik tinchlik, adolat garovi” mavzularida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda viloyat prokraturasi va adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan mavzuga oid ma’ruzalar o’qildi. Tadbirda fakultet professor o’qituvchilari va talaba yoshlari faol ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida yoshlarni qiziqtirgan bir qancha savollarga boshqarma rahbariyati hamda tizim xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar, xususan adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov rahbarligida Termiz tumani "Yangi shahar" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun kengaytirilgan tartibda sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida, 40 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Natijasiga ko‘ra, 31 nafar fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 20 dan ortiq fuqarolarning bepul tibbiy ko‘rik, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojaatlari shu joyning o‘zidayoq ijobiy hal etildi.
Shuningdek, 6 nafar fuqarolarning murojaati o‘rganib chiqish muddat talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.
Tadbir davomida, aholining bandligini ta'minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan bog‘liq e'onlar qabulda ishtirok etgan keng aholi qatlamiga tanishtirildi.
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan "Maslahattepa" mahallasida sayyor qabul tashkil etilib, unda 20 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 8 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa 4 nafar fuqarolarning murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 9 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sayyor qabuldan so‘ng, bo‘lim xodimari tomonidan uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari o‘rganildi va hal etish choralari ko'rildi.
Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 33-sonli maktabda “Korrupsiya – taraqqiyot zavoli” mavsusida seminar tashkil etildi.
✅Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga zararli ta’siri, halollik va shaffoflik tamoyillari, qonuniylikka rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✅ Jumladan, tadbirda ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va bu borada qabul qilingan boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ–1-son “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar haqida hamda turli xil jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga firibgarlik, o‘g‘irlik, bezorilik va boshqa jinoyatlar hamda ularning oqibatlari, sodir etilishining oldini olish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.
Termiz shahrida har oy bir kun davomida “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.
⚠️Bunda shaxsiy avtomobillar harakatlanishi cheklanib jamoat transportidan foydalanish targ‘ib qilinadi.
✅Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi ham ushbu loyihada faol qatnashmoqda.
Boysun tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyev tomonidan tumandagi 1-son politexnikumda “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” mavsusida seminar tashkil etildi.
✅Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga zararli ta’siri, halollik va shaffoflik tamoyillari, qonuniylikka rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✅ Jumladan, tadbirda ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va bu borada qabul qilingan boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ–1-son “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar haqida hamda turli xil jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga firibgarlik, o‘g‘irlik, bezorilik va boshqa jinoyatlar hamda ularning oqibatlari, sodir etilishining oldini olish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.