Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

15
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish — taraqqiyot va qonuniylik garovi!

2026-yil 15-iyul kuni Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolar ishtirokida "Yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashish" mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida yashirin iqtisodiyotning davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda yuritishning afzalliklari, xodimlarni mehnat shartnomasi asosida rasmiy ishga qabul qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, hisob-kitoblarni qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirish hamda fiskal chek berishning ahamiyati yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning sohaga oid savollariga amaldagi qonunchilik asosida javoblar berilib, ularga amaliy huquqiy tavsiyalar taqdim etildi.

Qonuniy faoliyat — barqaror biznes va farovon jamiyat poydevori.

14
Qumqo‘rg‘on tumanida yoshlar bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini keng targ‘ib etish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, tashabbus va biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Targ‘ibot jarayonida “Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan PQ–1-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Yoshlar qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirilib, ularga yuksak maqsad sari intilish, qat’iyat, iroda va sabr orqali muvaffaqiyatga erishish mumkinligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni jamiyat hayotida faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslar sifatida shakllantirishga xizmat qildi.


10
Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga mazkur qonun bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik choralari yanada takomillashtirilgani, shuningdek, qonun normalarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangiliklar haqida tushuntirish berildi.

09
TARIXIY MEROS VA MILLIY QADRIYATLAR — YOSHLAR NIGOHIDA

Yoshlar kuni doirasida Surxondaryoda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Tursunov boshchiligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida yoshlarda Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat hamda milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar viloyatning tarixiy, madaniy va tabiiy diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab ma’rifiy sayohatda ishtirok etib, yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi va uning bugungi taraqqiyotdagi o‘rni bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, yoshlar milliy va mahalliy hunarmandchilik an’analari, xalq amaliy san’ati hamda etnografik meros namunalari bilan tanishtirilib, ajdodlar merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazishning ahamiyati keng targ‘ib qilindi.

Mazkur tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlash hamda Vatan ravnaqiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qiladi.


09
Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси ва унинг қуйи тизимида коррупцияга қарши курашиш соҳасида жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида ўтказилган сўровнома натижалари юзасидан МАЪЛУМОТНОМА

Жорий йилнинг 5 январь куни Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси
ва унинг қуйи тизимида коррупсиявий ҳолатларнинг олдини олиш мақсадида
вилоятдаги ташкилотлар ичида аноним сўровнома ўтказилди.
Сўровномада 100 нафардан ортиқ ходимлар иштирок этди.

09
Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси ва унинг қуйи тизимида коррупцияга қарши курашиш соҳасида жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида ўтказилган сўровнома натижалари юзасидан МАЪЛУМОТНОМА

Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси ва унинг қуйи тизимида коррупцияга қарши курашиш соҳасида жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида ўтказилган сўровнома натижалари юзасидан МАЪЛУМОТНОМА Жорий йилнинг 5 январь куни Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси ва унинг қуйи тизимида коррупциявий ҳолатларнинг олдини олиш ҳамда коррупцияга қарши курашиш самарадорлигини ошириш мақсадида аноним сўровнома ўтказилди. Сўровномада жами 124 нафар ходим иштирок этди.

08
Bandixon tumanida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda Bandixon tuman adliya bo'limi tomonidan fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari qabul qilinib, ularning muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi.


Tadbir davomida ishtirok etgan 9 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 4 nafar fuqaroning murojaati joyida huquqiy tushuntirish berildi. O‘rganish va qo‘shimcha tekshiruv talab etadigan 2 ta murojaat ish yurituviga qabul qilinib, alohida nazoratga olindi

Tadbirda fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezidentimizning PQ–1-son qarori hamda PQ–133-son qarorlarining mazmun-mohiyati, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid hukumat qarorlari, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga doir qonunchilik hamda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

07
Bugun Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2026-yil 1-yarim yilligi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda adliya idoralari tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari, eng ko‘p murojaat kelib tushayotgan sohalar, fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 O'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalist, bloger va sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi

06
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va fuqarolar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o'tkazildi.

Suhbat davomida xodimlarga Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi “Qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida”gi 267-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-8217168)da nazarda tutilgan yangilik, o'zgarishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Xususan, Har bir qabriston uchun ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarga ixtiyoriy xayr-ehson qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning to‘lovlarini qabul qilish uchun tegishli QR-kodlar joriy etiladi. Tushgan mablag‘lar faqat ushbu qabristonlarni saqlash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi va boshqa maqsadlar uchun sarflanishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlab o’tildi.

Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

02
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida yoshlar bilan ijodiy muloqot

Yoshlarning ma'naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish hamda mutolaa orqali ularning dunyoqarashini boyitish maqsadida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov boshchiligida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning kitob mutolaasi, zamonaviy bilimlarni egallashi hamda ma'naviy kamolotini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuv doirasida mualliflar, yozuvchi va shoirlar ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Unda ijodkorlar ijod jarayoni, mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni haqida so‘z yuritib, yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdilar hamda kerakli tavsiyalar bildirdilar.

Tadbir davomida "Kitob sovg‘a" aksiyasiga alohida e'tibor qaratildi. Unda rahbar o‘z hayotida muhim o‘rin tutgan kitoblarni yoshlarga tavsiya etib, ularning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida onlayn va an'anaviy Kitob klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda kitoblarni birgalikda o‘qish va muhokama qilish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

 Audiokitoblar hamda elektron kutubxona platformalarining imkoniyatlari keng targ‘ib qilinib, ulardan bepul foydalanish imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, intellektual salohiyatini mustahkamlash hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan bunday tadbirlar izchil davom ettiriladi.