Yangiliklar
Birinchi navbatda, Tuman adliya bo‘limi mas'ullari "Mahalla yettiligi" bilan uchrashib ularga ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambag‘allikdan chiqishini ta’minlashi kerakligi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligini ta'kidladi.
Shuningdek, adliya xodimlari tomonidan ushbu mahallada uyma-uy yurgan holda fuqarolarning muammolari o‘rganildi hamda ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, mahallada bugunning o‘zidayoq 20 dan ortiq fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib, ularning muammolari joyida hal etildi.
#Huquqiy_targibot
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Sh.Ostonaqulov tomonidan Bandixon, Qiziriq tumanlarida yuridik xizmat ko'rsatish belgilangan davlat tashkilotlari va muassasalari rahbarlari va kadrlari ishtirokida ochiq muloqat tarzida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida, mas'ullar sohada yuzaga kelayotgan xato va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari haqida batafsil tushuntirishlar berishdi.
#Huquqiy_targibot
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Sh.Ostonaqulov tomonidan Bandixon, Qiziriq tumanlarida yuridik xizmat ko'rsatish belgilangan davlat tashkilotlari va muassasalari rahbarlari va kadrlari ishtirokida ochiq muloqat tarzida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida, mas'ullar sohada yuzaga kelayotgan xato va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari haqida batafsil tushuntirishlar berishdi.
Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan shahardagi "Gulira'no" mahallasida aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni" tadbirlari doirasida sayyor qabul tashkil etildi.
✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
???? Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan 10 dan ortiq masalalar bo‘yicha huquqiy muammolar alohida ish yurituvga olindi.
❇️ Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar imtiyozlar haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.
✅Tadbir ishtirokchilariga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
✅ Tadbir davomida bo’sh ish o’rinlari va yarmarka ham o’tkazildi hamda notarius xodimlari ham jal etildi.
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan "Elobod" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri doriasida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida, 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 15 nafar fuqarolarning murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilgan bo‘lsa, 8 nafar fuqarolarning soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojaatlari shu joyning o‘zida hal etilib, 12 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.
Bugun Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Zoom platformasi orqali "E-Qaror" tizimi foydalanuvchilariga tizimdagi muammolar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda tizimni takomillashtirish uchun takliflar bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminar qatnashchilari sohada yuzaga kelgayotgan muammoli holatlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan batafsil javoblar olishdi.
✔️Sariosiyo tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Bosh mutaxassisi;
✔️ Termiz tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi Yetakchi mutaxassisi;
✔️ Termiz shahar adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi Yetakchi mutaxassisi;
✔️ Sherobod tuman adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti;
✔️Angor tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Bosh mutaxassisi (asosiy xodim bola parvarishi ta'tilidan qaytguniga qadar muddatli mehnat shartnomasi tuziladi);
✔️ Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi Yetakchi mutaxassisi (asosiy xodim bola parvarishi ta'tilidan qaytguniga qadar muddatli mehnat shartnomasi tuziladi);
✔️Termiz tuman adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti (asosiy xodim bola parvarishi ta'tilidan qaytguniga qadar muddatli mehnat shartnomasi tuziladi);
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yil III choragi davomida
tadbirkorlik subyektlarida rejali nazorat xaridini amalga oshirish bo‘yicha
REJA-GRAFIGI
Oltinsoy tumani adliya bo‘limi FHDY boʻlimi tomonidan 3 yildan buyon shaʼriy nikoh asosida yashab kelayotgan D.Eshboyev va M.Soatovalarning nikohi qonuniy qayd etilib nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.
Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida “Mehnat qonunchiligi: muammo va yechimlar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbir “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ish beruvchi va xodimlarda qonunlarga hurmat va ularga rioya qilish ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi hamda ish beruvchi va xodimlarni qiynayotgan dolzarb huquqiy muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularning yechimlari ko‘rib chiqildi.
Yakunda mehnat qonunchiligi hamda hayotiy dolzarb masalalar yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan batafsil tushuntirish berildi.