Yangiliklar
"Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror mazmuni hamda davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarini targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida bugun Bandixon tuman hokimligi majlislar zalida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i R.Xurramov ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi. (Batafsil...)
Mahkumlar, JIK va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. (Batafsil...)
Insonga baxtli lahzalarni hadya etish uchun unga ko‘mak qo'lini cho‘zmoq, mushkulini oson qilishga tirishishning o‘zi kifoya. Ayniqsa, to‘shakda mixlanib qolgan, keksa yoki imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ular uchun umrga tatigulik yaxshilik bo'lsa ajabmas. (Batafsil...)
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Q.Ulug‘ov ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi va bayroq qabul qilingan kun, Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbiri tashkil qilinib, “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni hamda bosh qomusimiz bilan belgilangan huquq va majburiyatlarimiz xususida tushuntirishlar berildi. (Batafsil...)
Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli Qarori qabul qilindi. (Batafsil...)
Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi* doirasida vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislari hamda davlat idora va tashkiloti mas’ullari uchun tashkil etilgan 3 kunlik trening o‘z ishini yakunladi. (Batafsil...)
Gaffarov Bahriddin Kuchimovich – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug'iga asosan, Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi. (Batafsil...)
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan «Yangi nafas» sport musobaqalari Surxondaryoda ham yuqori saviyada tashkil etildi. (Batafsil...)
Mehnat kodeksi 182-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan 1 oy ichida qo‘llaniladi. (Batafsil...)