Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi


Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi tomonidan  tumandagi yoshlar uchun "Tengdoshimga huquqiy yordam" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash, ular qalbida ona Vatanga muhabbat, kitob o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish mavzularida davra suhbatlari tаshkil qilindi. 

Shuningdek, qonunchiligimizda yoshlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Tadbir davomida, yoshlar o‘rtasida sportning futbol, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida g‘oliblar munosib taqdirlandi.