Янгиликлар
Fuqarolarning muammolari o‘rganilmoqda
Denov tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning "Buyuk zamin" mahallasida huquqiy muammolar uyma-uy yurgan holda o‘rganilishi natijasida 50 ga yaqin xonadonlarga kirib borildi.
Fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari yuzasidan elektron tizim bo‘yicha anketa toʻldirildi.
Shuningdek, yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, Yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub'ektlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning afzalliklari haqida tushunchalar berildi.