Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

29
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan sayyor qabullar jadvaliga muvofiq, Sariosiyo va Uzun tumanlarida tadbirkorlik subyektlari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Tursunov rahbarligida sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazildi.


Qabul davomida tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish, shuningdek, intellektual mulkni himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qabuldan so‘ng S.Tursunov sanoat zonalari faoliyatini joyiga chiqib o‘rganib, ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

O‘rganishlar yakunida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.

27
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan adliya organlari faoliyatini xolis, tezkor va keng jamoatchilikka yetkazishda samarali hamkorlik qilib kelayotgan OAV vakillari hamda jurnalistlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbir davomida huquqiy islohotlarni yoritish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni keng jamoatchilikka yetkazishda OAV vakillarining munosib hissasi alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, samarali hamkorligi, kasbiy mahorati va fidokorona mehnati uchun bir guruh jurnalist va blogerlar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir samimiy muloqot ruhida o‘tib, kelgusida ham ochiqlik, shaffoflik va o‘zaro ishonch tamoyillari asosidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan ezgu tilaklar bildirildi.

27
"Zakovat" maydonida intellekt va jamoaviy hamjihatlik sinovdan o‘tdi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda korporativ madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan "Teambuilding" tadbirlari dasturi doirasida tizim xodimlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

Bellashuv davomida jamoalar mantiqiy fikrlash, bilim va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etib, qizg‘in va murosasiz bahs olib bordilar.

 Yakuniy natijalar:
1-o‘rin —  Termiz shahar adliya bo‘limi jamoasi;
2-o‘rin — Sariosiyo tuman adliya bo‘limi jamoasi;
3-o‘rin — Muzrabot tuman adliya bo‘limi jamoasi.

Shuningdek, bellashuv davomida faol ishtiroki, jamoaviy hamjihatligi, mantiqiy fikrlashi va yuqori intellektual salohiyatini namoyon etgan jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha ham munosib taqdirlandi.

Tadbir yakunida g‘olib va nominatsiya sohiblari faxriy yorliqlar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanib, bu kabi intellektual loyihalar xodimlarning kasbiy rivoji, jamoaviy birdamligi va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta'kidlandi.

26
Giyohvandlikka qarshi kurashish — sog‘lom kelajak garovi

26-iyun — Xalqaro giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida huquqiy ong va xabardorlikni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining inson salomatligi, oila va jamiyatga salbiy ta’siri, ushbu turdagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik hamda yoshlarni zararli illatlardan asrash masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.


25
Surxondaryoda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilindi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Sog‘lom turmush” aksiyasi doirasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish hamda yoshlarning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni rivojlantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom ovqatlanish va raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qildi.

24
Bandixon tumani “Bandixon” mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov tomonidan fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari qabul qilinib, ularning muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi.

Tadbir davomida 50 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Shundan 10 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 7 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi. O‘rganish va qo‘shimcha tekshiruv talab etadigan 36 ta murojaat ish yurituviga qabul qilinib, alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son, PQ–2-son hamda PQ–133-son qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqarolarga, ayniqsa xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

???? Adliya organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

23
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan sayyor qabullar jadvaliga asosan, Qumqo‘rg‘on tumanida tadbirkorlik subyektlari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Tursunov rahbarligida tumandagi “Azlarsoy-2” kichik sanoat zonasi hamda “Bog‘aro” Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazildi.

Qabul davomida tadbirkorlik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va murojaatlar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, qabuldan so‘ng S.Tursunov tomonidan mazkur sanoat zonalari faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishlar yakunida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.

22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-yanvardagi PQ–2-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tuman adliya bo‘limi tomonidan Turmushobod, G‘alabuta, Shirin va Shoqishloq MFYlarida istiqomat qiluvchi nizoli oilalar hamda “Ayollar da

Uchrashuv davomida oilaviy nizolarning oldini olish, er-xotinlarning huquq va majburiyatlari hamda oilaviy munosabatlarga oid qonunchilik normalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, nizoli oilalardagi muammolar tahlil qilinib, ajrim yoqasidagi oilalarga aliment undirish va nikohni bekor qilish tartibi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Bundan tashqari, adliya organlari tomonidan ko‘rsatiladigan birlamchi bepul yuridik yordam turlari tushuntirilib, fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tavsiyalar berildi.

19
“Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuskor va iqtidorli kadrlarni aniqlash maqsadida “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.

 Tanlovda tuman va shahar adliya bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini quyidagi shartlar asosida namoyon etdilar:
1-shart – “Men haqimda” taqdimoti;
2-shart – “Tashabbuskorlik va faollik”;
3-shart – “Huquqiy muammoli holat (kazus)” sharti

 Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida xolis va shaffof tarzda baholandi.

 Tanlov yakunlariga ko‘ra:

 1-o‘rin – Qiziriq tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Bunyod Avazov – 5 million so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandi;

 2-o‘rin – Termiz tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sevinch Mamajonova – 4 million so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandi;

 3-o‘rin – Jarqo‘rg‘on tuman adliya bolimi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Dilshod Shukurov – 3 million so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandi.

 Mazkur tanlov yosh xodimlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda adliya organlarida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

18
Surxondaryoda yoshlar volontyorlik harakatini rivojlantirish bo‘yicha muhim qadam: Surxondaryo adliya boshqarmasi va Yuridik texnikum o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Iyun–avgust oylarida har payshanba kuni o‘tkazilishi belgilangan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Surxondaryo viloyatida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, volontyorlik harakatini rivojlantirish hamda fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etildi.

 Tadbirlar davomida yoshlar, volontyorlar, mahalla faollari va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida ochiq muloqotlar, ijtimoiy aksiyalar hamda ma’naviy-ma’rifiy loyihalar amalga oshirildi.

Tadbir doirasida keksalar holidan xabar olinib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha volontyorlik ishlari tashkil etildi.

 Bundan tashqari, volontyorlar tomonidan mahalla hududlari va ijtimoiy obyektlarda obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi, hududlarning sanitariya holatini yaxshilashga xizmat qilindi.

 Tadbirlarning muhim natijalaridan biri sifatida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda Yuridik texnikum o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum asosida Yoshlar volontyorlik markazi tashkil etildi.

 Ushbu tashabbuslar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, volontyorlik harakatini rivojlantirish hamda jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.