Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

17
Oltinsoy hamda Qumqo‘rg‘on tumanlarida otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi

Oltinsoy hamda Qumqo‘rg‘on tumanlarida tuman adliya bo'limi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda otaliqqa olingan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari, sport bilan shug'ullanib, sog'lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida sportning futbol, shaxmat turlari bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Qumqo‘rg‘on tumani o‘tkazilgan mini futbol musobaqasining dastlabki turida g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmadi.

Qizg‘in va murosasiz davom etgan bahslarda g‘oliblar munosib taqdirlandi.

10
Fuqarolarning muammolari o‘rganilmoqda

Denov tuman adliya bo'limi tomonidan  tumanning "Buyuk zamin" mahallasida huquqiy muammolar uyma-uy yurgan holda o‘rganilishi natijasida 50 ga yaqin xonadonlarga kirib borildi.

Fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari yuzasidan elektron tizim bo‘yicha anketa toʻldirildi.  

Shuningdek, yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, Yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub'ektlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning afzalliklari haqida tushunchalar berildi.

05
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Bo‘riyev Baxtiyor Temirovich Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Muzrabot tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Sherobod tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi B.Bo‘riyevni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

05
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Islomov Bekzod Sadullayevich Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Sherobod tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori  lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Muzrabot tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi B.Islomovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

05
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida bo‘lajak yuristlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri tashkil etildi

Unda yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, Ularni qiziqtirgan bir qancha savollarga boshqarma xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.

04
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Boynazarov Bekzod Farxod o‘g‘lini Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Angor tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Angor tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi B. Boynazarovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

04
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Tursunov Kuvandik Sotiboldiyevichni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Angor tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Termiz tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi K.Tursunovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

04
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Xudoyberdiyev Akmaljon Atamuratovichni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Termiz shahar adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi A. Xudoyberdiyevni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

04
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Sayfiddinov Suxrob Saidaxmatovichni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Termiz tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi S. Sayfiddinovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

04
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Babayarov Akmaljon Fayzullayevichni Denov tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Denov tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi A. Babayarovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!