Yangiliklar
Aksiya davomida adliya bo‘limi xodimlari hamda faol fuqarolar insonparvarlik va mehr-oqibat tamoyillarini namoyon etib, bemorlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish maqsadida donorlik qonlarini topshirdilar.
Ushbu xayriya aksiyasi orqali qonga muhtoj bo‘lgan bemorlarning salomatligini tiklash hamda inson hayotini saqlab qolishga munosib hissa qo‘shildi.
Inson hayotini asrash — eng oliy qadriyat!
2026-yil 25-may kuni tumandagi umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Jumladan, Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limiga biriktirilgan 18-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tantanali tadbirda adliya bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi hamda bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘llarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilandi.
Tadbir yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak maqsadlar sari intilish va yangi marralarni zabt etishga ruhlantirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 sonli qarorni ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini o‘rganish hamda bandlikni ta’minlash maqsadida hududlarda manzilli ishlar davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Uzun tumani “Do‘stlik” mahallasida sayyor qabul va mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, huquqiy muammolar yuzasidan amaliy yordam hamda tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ish izlovchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va bandlik imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
???? Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Surxondaryo viloyat hunarmandchilik markazida yosh xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
????Tadbir davomida yosh xotin-qizlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
????Shuningdek, ishtirokchilar uchun milliy hunarmandchilik va zamonaviy dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy master-klasslar tashkil etilib, unda hunarmand ustalar tomonidan kasb sir-asrorlari, yangi dizayn ishlanmalari hamda zamonaviy yondashuvlar yuzasidan mahorat darslari o‘tkazildi.
????Yoshlar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, milliy uslubdagi qo‘l mehnati mahsulotlari va zamonaviy dizayn namunalari namoyish etilib, ularning yaratilish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
????Mazkur uchrashuv yosh xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari ijrosinita`minlash maqsadida hududlarda sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Termiz tumani "M.Eshtemirov" mahallasi hamda Termiz shahri "Alpomish" MFY hududlarida nizoli oilalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida oilaviy nizolarni bartaraf etish, sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasi hamda fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda fuqarolar bilan ochiq muloqot va sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Angor tumanining “Sharq guli” hamda Muzrabot tumanining “Yangi diyor” mahallalarida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida oilaviy nizolarni bartaraf etish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va totuvlikni qaror toptirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan huquqiy muammolar yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
Hududlarda amalga oshirilayotgan bunday manzilli ishlar aholining huquqiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda oilalarda barqaror muhitni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Unda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov ishtirok etib, fuqarolar bilan alohida suhbatlar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida oilaviy nizolarni bartaraf etish, o‘zaro hurmat va totuvlik muhitini mustahkamlash, shuningdek, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, murojaatlar tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Boshqarma tizimida doimiy tashkil etilib kelinadigan ushbu xayrli aksiyada nafaqat boshqarma markaziy apparati xodimlari, balki, tuman(shahar) adliya bo‘limlari xodimlari ham faol ishtirok etdi.
O‘ylaymizki, topshirilgan donorlik qonlari turli kasalliklar yoki baxtsiz xodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.
Bugun “Yoshlar kuni” doirasida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi Surxondaryo viloyati innovatsion rivojlanish bo‘linmasi bilan hamkorlikda Termiz yoshlar texnoparki davlat muassasasida yosh ixtirochilar va tadqiqotchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ular tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion loyihalar, ixtiro modellari, robototexnika hamda zamonaviy uskunalar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga ixtirolarni qonuniy himoya qilish, mualliflik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish, patent olish tartiblari va intellektual mulk sohasidagi huquqiy imkoniyatlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Yoshlar o‘zlari yaratgan modellar, robotlar va texnik qurilmalarni namoyish etib, ularning ishlash jarayonlarini amaliy va ko‘rgazmali tarzda tushuntirib berishdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy bilimlarini oshirish hamda kelgusidagi ilmiy-amaliy faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Tadbir davomida fuqarolarga yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish (PF-258-son), korrupsiyaning oldini olish (PF-270-son), mahallalarda xavfsiz muhitni joriy etish (PQ-1-son) hamda ayollar va bolalar huquqlari himoyasini kuchaytirishga (PF-33-son) oid farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. SHuningdek, giyohvandlik, firibgarlik va kiberxavfsizlikka qarshi kurashish masalalarida huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Davlat xizmatlari markazi tomonidan 1 ta fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 4 ta fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 1 ta fuqaroning murojaat ko‘rib chiqish uchun ijroga olindi.