Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

27
Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmonining mazmun-mohiyati aholiga tushuntirilmoqda

Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmonining mazmun-mohiyati aholiga tushuntirilmoqda

24
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Rayimov Latif Erdanovich  Sariosiyo tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Oltinsoy tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi L. Rayimovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

21
Surxondaryo viloyati bo‘ylab adliya organlari tomonidan uyma-uy huquqiy muammolar o‘rganilishi davom etmoqda

Bu galgi o‘rganish ishlari Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumandagi “Hurriyat”, "IStiqlol", "Bo‘ston"   MFYlarda uyma-uy yurish orqali 500 ga yaqin xonadonlarga kirib borildi.

Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish jarayonida aholining fuqarolik holati hujjatlari masalasi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, o‘z-o‘zini band qilish, ish bilan ta'minlash, soliq imtiyozlaridan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash kabi muammolar aniqlandi.

O‘rganish davomida 271 ta murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 20 dan ortiq ayrim masalalar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

13
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Xaknazarov Bobur Arslon o‘g‘li Uzun tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Uzun tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi B. Xaknazarovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

11
Boysun tumanida aholi muammolari o‘rganildi.

????Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan adliya bo‘limlariga yuklatilgan yangi vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Qizilnavr mahallasida “Mahalla yettiligi”ga Farmon mazmun-mohiyati oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan targibot tadbirlari ham tashkil etildi.

06
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Eshmurzayev Najmiddin Xolmirzayevichni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sariosiyo tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi N. Eshmurzayevni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

04
Endilikda subsidiya olish uchun arizani mahallalardagi infokiosklar orqali berish mumkin

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 25-26-mart kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida mahallalardan turib davlat xizmatlarini  ko‘rsatish imkoniyatini oshirish vazifasi belgilab berilgan edi.

Shu maqsadda Adliya vazirligi tomonidan onlayn davlat xizmatlaridan sodda usulda foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida interaktiv kioskalar ishlab chiqildi hamda bosqichma-bosqich mahallalarda o'rnatilmoqda.

Shu bilan birga, kioskalar orqali foydalanish mumkin bo'lgan xizmatlar soni ham oshirilib,  ushbu xizmatlar 45 tani tashkil etdi.

Endilikda fuqarolar, ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun ham mazkur kioskalar orqali ariza yuborishlari mumkin. 

Ahamiyatli jihati, xizmat bepul, navbatlar mavjud emas hamda 24/7 rejimida foydalanish mumkin.

03
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi

Uzun tuman FHDY bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan  Uzun tumani Yangi yo‘l mahallasida yashovchi 15.07.1975 yilda tug‘ilgan fuqaro F.M ga tug‘ilganlik guvohnomasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shaxsini tasdiqlovchi ID kartasi rasmiylashtirib berildi. 

Shuningdek, voya etmagan 3 nafar farzandlari - 23.09.2013 yilda tug‘ilgan B.M, 09.11.2015 yilda tug‘ilgan B.H, 19.12.2018 yilda tug‘ilgan B.S lariga  guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

30
OILA VA BOLALAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR O‘TKAZILDI

Har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, avvalo, oila, onalik hamda bolalikni muhofaza qilish davlatimizning ustuvor vazifasi sifatida belgilab olinib, bu ijtimoiy siyosat darajasiga ko‘tarilib kelmoqda. 

Inson farzandi uchun yashaydi, dilbandlariga umrini baxshida etadi. Butun dunyo bo‘ylab 1-iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi.  Shunga ko‘ra, bugun Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasida tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar, ularning farzandlari va boshqa oila a'zolari ishtirokida oila va bolalar kuni bayram tadbiri tashkil etildi. Bolajonlar uchun sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.  

Shuningdek, bolajonlar uchun Qo‘g‘irchoq teatrida
 "G‘aroyib teatr" musiqiy shou dasturi ijro etib berildi.

Tadbir yakunida bolajonlarga esdalik sovg‘alari va shirinliklar ulashildi.

30
Surxondaryo viloyat matbuot uyida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

“O‘zbekiston Respublikasi  “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmonidagi yangiliklar yuzasidan bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida OAV xodimlari, jurnalistlar va blogerlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda boshqarma boshlig'i S.Abdurasulov Farmon yuzasidan jamoatchilikni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.