Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va adliya bo‘limlari tomonidan o‘tgan 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M A ‘ L U M O T
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va adliya bo‘limlari tomonidan 2025 yil davomida bir qator e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi.
Xususan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 6096 ta murojaatning 5378 tasi hal etilib (2024-yildan qoldiq bo‘lib o‘tgan murojaatlar ham inobatga olingan), shundan 48 foizi yoki 2593 tasi qanoatlantirildi, 2785 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 720 tasi ko‘rib chiqish uchun vakolatli organga yuborilgan bo‘lsa, 126 ta murojat xisobot davridan qoldiq bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 232 ta qaror loyihalaridan 146 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan o‘rganish va monitoringlar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha jami 32 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining jami 19 ta normativ tusdagi qarorlari bekor qilindi.
Qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 182 ta taklif ishlab chiqildi.
Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan hisobot davrida jami 816 ta o‘rganish va 1169 ta monitoring o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 1589 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi va ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 85 262 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 1421 ta taqdimnoma, 463 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 2806 ta ogohnoma kiritildi.
Kiritilgan ta’sir choralari natijasida 327 nafar shaxs intizomiy (shundan 9 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 460 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3733 ta yuridik tusga ega bo‘lgan hujjatlar bekor qilindi va qonunga muvofiqlashtirildi, shuningdek 25 mlrd. 206 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
Hisobot davrida sudlarga 9 mlrd. 429 mln. so‘mlik 744 ta da’vo ariza kiritilgan bo‘lib, natijasiga ko‘ra 11 mlrd. 743. so‘mdan ortiq 731 ta da’vo ariza qanoatlantirildi.
Huquqiy axborot sohasida
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan jami 77 528 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari, shundan 2 836 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 26 191 tasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali tarqatilgan huquqiy axborotlar, 47 908 tasi og‘zaki, 593 tasi esa yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan bir qator e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Viloyat bo‘yicha jami 541 442 ta xonadon mavjud bo‘lib shundan 411 673 ta yoki 76 % xonadonlarga kirilishi ta’minlandi.
Uyma-uy yurish va sayyor qabullar va “Adliya kuni” tadbirlari davomida jami 138 456 ta huquqiy muammolar, shundan 36 352 tasi adliya.mahalla.uz platformasi orqali, 89 881 tasi huquqiy mahalla hamda 12 223 tasi onlayn mahalla platformasi orqali kelib tushdi.
Adliya vazirining 2024 yil 12 noyabrdagi buyrug‘i bilan belgilangan “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi ijrosi doirasida shu kunga qadar jami 180 ta mahallada mazkur Konsepsiya amalga oshirildi.
Mazkur tadbirlar doirasida 2025 yil davomida jami 57 000 dan ortiq xonadon qamrab olingan holda jami 89 881 ta huquqiy va boshqa turdagi muammolar aniqlandi.
Shundan hozirgi kunga qadar jami 80 730 ta yoki 90 % muammolar bartaraf qilinishi ta’minlandi.
Ushbu muamolarni hal qilishda adliya organlari tomonidan jami 402 ta ta’sir choralar qo‘llanilgan bo‘lsa, 64 300 nafar aholiga bepul birlamchi yuridik yordam hamda 15 657 ta sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida “Mahalla yettiligi” faoliyatini metodik ta’minlash yo‘nalishida 17 ta komissiya va kengashlarning yig‘ilish bayonnomalari namunasi, 12 ta komissiya va kengashlarning nizomlari, 15 ta namunaviy hujjatlar, 7 ta mansab yo‘riqnomalari, 20 ta uslubiy qo‘llanmalar xizmatda foydalanish uchun taqdim etildi. 30 ta mahallada kutubxona tashkil etilib, ushbu kutubxonalarga 176 ta kitoblar tarqatilishi ta’minlandi.
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi bo‘yicha
Mazkur Qonun ijrosi yuzasidan “E’TIROF” platformasi ishga tushirildi. Hozirgi kunga qadar “E’TIROF” platformasiga viloyat bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan egallab olingan 35 409 ta ko‘chmas mulklari kiritilgan bo‘lib, shundan, 20 841 ta ko‘chmas mulk vakolatli organlar muhokamasida, 3 658 ta ko‘chmas mulklar jamoatchilikka e’lon qilingan, 10 910 ta ko‘chmas mulklar xulosa uchun Adliya organlariga kelib tushgan. Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mazkur ko‘chmas mulklarning 8 737 tasiga ijobiy, 1 685 tasiga salbiy xulosa berilib 4 625 nafar fuqarolarning mulk huquqi etirof etilgan bo‘lsa, 374 ta ko‘chmas mulklar xatoliklarni tahrirlash uchun vakolatli organlarga qaytarilgan.
Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi PQ–5168-son qaroriga muvofiq tuman (shahar)lardagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining jami 53 nafar shundan, 15 nafari markaz boshlig‘i hamda 38 nafari bosh yuriskonsultlar tomonidan jami 22 ta davlat tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalari va ularning tarkibiy bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Xususan, tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining “Ye-huquqshunos” elektron tizim orqali kelib tushgan 743 130 ta hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib 679 297 tasiga ijobiy xulosa berilgan, 8 736 tasi qonunchilikka zidligi sababli salbiy xulosa berilgan bo‘lsa, 55 097 tasi kamchiliklarini to‘g‘rilash uchun qaytarilgan.
Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish yo‘nalishida
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlarining ijrosini nazorat qilish yo‘nalishida 2026 yil 1 yanvar kuni holatiga “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali viloyat hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 661 ta hujjatlar hisobidan 15 307 ta topshiriqlar kelib tushgan.
Ushbu 15 307 ta topshiriqlardan 13 085 tasi (85,5%) ijrosi ta’minlangan, 2 136 tasi (13,95%) bajarilmoqda, 86 tasi (0,56%) ijro nazorat muddati o‘tib, 3 tasi (0,5%) bevosita viloyat hokimligi tomonidan ijrosi ta’minlanmagan.
Bundan tashqari, boshqarma tomonidan joriy yilning o‘tgan 12 oyi davomida viloyat hududidagi 732 tadan oshiq davlat organlari va tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalarida, sohalar, hududlar va idoralar kesimida 657 marotaba monitoringlar o‘tkazildi.
Monitoring davomida aniqlangan bajarilmagan topshiriqlar bo‘yicha 4 ta taqdimnoma kiritildi va 16 ta ogohnomalar yuborildi. Shuningdek, og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib hamda mas’ul ijrochilarga huquqiy uslubiy ko‘mak berilib, topshiriqlar ijrosi ta’minlanishi uchun jami 270,0 mln.so‘m mablag‘larning moliyalashtirilishi va bajarilishiga erishildi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida
Boshqarma tomonidan vakolatli idoralar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida doimiy nazorat o‘rnatish choralari ko‘rildi.
Xususan, 2025 yil 4 choragi davomida davlat xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlarda jami 11439 ta qonunbuzilishlar, jumladan, 2390 ta yer resurslari va davlat kadastri idoralarida, 2256 ta suv ta’minoti tashkilotlarida, 1293 ta qurilish va arxitektura idoralarida, 1021 ta gaz idoralarida, 323 ta xokimiyat idoralarida, 967 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, 876 ta Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuman (shahar) bo‘limlarida, 522 ta Sog‘liqni saqlash idoralarida, 444 ta elektr ta’minoti idoralarida, 172 ta agrosanoat ustidan nazorat qilish isnpeksiyalarida, 146 ta qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida, 132 ta IIB idoralarida, 108 ta yoshlar ishlari agentligi idoralarida, 41 ta soliq idoralarida, 28 ta favqulodda vaziyatlar idoralarida, 18 ta bank idoralarida, qolgan 702 tasi davlat xizmatini ko‘rsatishga mas’ul boshqa tashkilotda aniqlandi.
Boshqarma va tuman shahar adliya bo‘limlari tomonidan ushbu qonunbuzilishlarni bartaraf qilish va kelgusida takrorlanmasligini ta’minlash maqsadida 122 ta taqdimnoma hamda 400 nafar aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va 420 nafar shaxslarning (20 ta intizomiy, 400 ta ma’muriy) javobgarlik masalasi hal etildi.
Shuningdek, hisobot davrida tashkilotlarni qamrab olgan holda davlat xizmatlari ko‘rsatishda 10 ta “sirli mijoz” tadbiri, 21 ta o‘rganishlar, 136 ta monitoring tadbirlari amalga oshirildi.
DXM va FHDYo organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida
Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2025 yil davomida 919 841 ta davlat xizmati ko‘rsatilib, shundan 16 278 ta tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari markazlari tomonidan 40 792 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
FHDYo sohasida:
Boshqarma tomonidan hisobot davrida jami jamoatchilik vakillari hamkorligida adliya tizimida va FHDYo bo‘limlarida jami 34 ta “reyd” va “sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazildi.
Barcha FHDYo bo‘limlari tomonidan 82 078 ta tug‘ilganlik haqida, 22 719 ta nikoh qayd etilganligi haqida, 3 148 ta nikohdan ajrashganlik haqida va 13 243 ta o‘lim qayd etilganligi haqida dalolatnoma yozuvlari qayd etildi.
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho‘basi
2025 yil davomida Adliya boshqarmasi tomonidan Intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar buzilishining oldini olish maqsadida bozorlar, savdo majmualari va ko‘chma savdo obektlarida 54 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida 42 ta taqdimnoma, 20 ta ogohnoma ta’sir chorasi qo‘llanilib, tadbirkorlik sub’ektlari va mansabdor shaxslarning huquqbuzarlik holatlari bartaraf etildi va jami 275 ta Intellektual mulk huquqi ob’ektlarining huquqi ta’minlandi.
Shuningdek, 50 dan ortiq shaxslarga sanoat na’munalari uchun himoya olishlarida uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Notariat va advokatura sohasida
Surxondaryo viloyatida 61 ta xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda.
Hisobot davrida, 54 ta advokatlik guvohnomalari rasmiylashtirilgan.
Xozirgi kunda 103 ta advokatlik tuzilmalari faoliyat yuritmoqda (shundan 93 ta byuro, 7 ta firma, 3 ta hay’at).
Shuningdek, hisobot davrida 1 ta advokatlik tuzilmasi tugatildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy notarial arxiv tomonidan arxiv hujjatlaridan 355 ta dublikat va 113 ta nusxa berilgan.