23.01.2026
Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2025-yil davomida faoliyati yakunlari bo‘yicha o'tkazilgan matbuot anjumani
Bugun viloyat adliya boshqarmasida “Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2025-yil davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar hamda viloyat prokuraturasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.⚡️ Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqovning axboroti tinglandi. Shundan so‘ng, viloyat prokurorining katta yordamchisi A.Bobomurodovning axboroti tingalanib, matbuot anjumani qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha to‘xtaldi.
➡️ O'tkazilgan matbuot anjumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.