Yangiliklar
Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi tumandagi ta'lim muassasalarida o‘quvchi va o‘qituvchilar ishtirokida kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda kirib kelishi xavfi yuqori bo‘lgan kiberxavfsizlik bilan bog‘liq jinoyatlar va hodislar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir davomida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish hamda aholi o‘rtasida kibergigiyenani shakllantirish va rivojlantirish maqsadida turli ko‘rinishda tayyorlangan bukletlar, flayerlar keng aholi qatlamiga yetkazildi.
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi axborot resurs markazida fuqarolar ishtirokida kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Shuningdek, mas'ullar tomonidan O‘zbekistonda kirib kelishi xavfi yuqori bo‘lgan kiberxavfsizlik bilan bog‘liq jinoyatlar va hodislar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir davomida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish hamda aholi o‘rtasida kibergigiyenani shakllantirish va rivojlantirish maqsadida turli ko‘rinishda tayyorlangan bukletlar, flayerlar keng aholi qatlamiga yetkazildi.
Termiz shahridagi otaliqqa olingan 23-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Huquq sinfi” yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Tadbirda Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
???? Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga tadbir ishtirokchilari jinoyat sodir etilganida qo‘llaniladigan huquqiy mexanizmlar, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
???? Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni huquqiy madaniyatga yo‘naltirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunchilik bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat bo‘lib, kelgusida mazkur yo‘nalishda mavzular doirasini yanada kengaytirib borish rejalashtirilgan.
Sessiya kun tartibiga muvofiq, Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot tinglandi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PF-5415-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov tomonidan norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti, shuningdek huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati to‘g‘risida batafsil axborot berildi.
Sessiya davomida deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi hamda tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Seminarda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, hokimlik va Yoshlar ishlari bo'limi xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda, Boysun tuman adliya bo’limi boshlig‘i N.Mamadiyev tomonidan O'zbekiston-2030 strategiyasini amalga oshirish bo'yicha davlat dasturlari va davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirishga doir vazifalar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Unda o'tgan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar ijrosi, tizimda erishilgan yutuqlar barobarida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar keng muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga barham berish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan viloyati Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari ishtirokida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda, xodimlarga mulkni himoya qilish tartibi va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, huquqiy oylik doirasida fuqarolarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashish, mulkdorlarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarni qo‘llanishini ta’minlash orqali ularning mulk huquqlarini to‘liq ta’minlash, ushbu sohada aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish yuzasidan qilinayotgan ishlar haqida va ishtirokchilarning savollariga tegishli tushuntirishlar berilib, flayer va bukletlar tarqatildi.
Qumqo’rg’on tuman adliya bo‘limi tomonidan Jaloir va Uyas MFYlardagi, 9, 10 va 11-maktablarida Prezidentning 05.012026-yildagi PQ-1 va PQ-2 qarorlari hamda “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida, mulk huquqiga oid masalalarning mazmun-mohiyati haqida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda umumiy o‘rta ta’lim maktab xodimlariga (“Firibgarlik – jazo muqarrar jinoyatdir”, “Pensionerlar uchun muhim tavsiya firibgarlikdan qanday himyalanish mumkin” va “Ta’lim muassasalariga yoki biror tashkilotga ishga kirishda firibgarlikdan himyalanishni istaysizmi”, “Pora olish – jazo muqarrar jinoyatdir) nomli buklet va infografikalar tarqatildi.
Shuningdek, PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati haqida, firibgarlik, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik, korrupsiya jinoyatlarning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabuldagi har bir murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-2-son qarorlari mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “Mulk huquqi kafolatlari” aksiyasi doirasida aholiga mulk huquqlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, huquqni himoya qilish mexanizmlari hamda mavjud imtiyoz va yengilliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida, firibgarlik, kiberjinoyatchilik hamda boshqa turdagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning salbiy ta’siri, shuningdek ularning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi A.Yunusov va Sariosiyo tumani adliya bo‘limi YXKM xodimlari tumandagi yuridik xizmat ko‘rsatayotgan idora va tashkilotlar rahbarlari va ma’sullari ishtirokida Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va 2-son qarorlari hamda 2019-yil 29-yildagi PQ-5168-sonli “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2022 yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarori yuzasidan seminar tashkil etildi.
Tadbirda yuqoridagi qarorlar va “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida, korrupsiya, firibgarlik, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik jinoyatlar va ularning huquqiy oqibatlari, nizoli oilalardagi holatlarni bartaraf etish bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.