Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

14
Hududlarda "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbirlari o‘tkazilishi davom etmoqda

Angor tuman adliya boʻlimi  tomonidan tumandagi "Kayran" mahallasida "Adliya kuni" hamda "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, 33 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 5 nafar fuqarolarning murojaati o‘rganish muddat atalab tganligi sababli ish yurituvga qabul qilindi.

Shuningdek fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshoatlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi Qonuni, odam savdosi va unga qarshi kurashish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.

13
Lolazor mahallasi huquqiy muammolardan holi hududga aylanmoqda

Denov tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi Lolazor mahallasida "Adliya kuni" hamda "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, 31 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 7 nafariga sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilib murojaatlari shu joyning o‘zida qanoatlantiirldi.

Shuningdek fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshoatlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi Qonuni, odam savdosi va unga qarshi kurashish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.

13
"Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni" tadbirlari doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Bugun Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan shahardagi "Chegara" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni" va "Sayyor qabul" tadbirlari tashkil etildi.

✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
???? Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan 10 dan ortiq masalalar bo‘yicha huquqiy muammolar alohida ish yurituvga olindi.
❇️ Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar imtiyozlar haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.

✅Tadbir ishtirokchilariga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

12
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.

Tahlil davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tizim xodimlariga batafsil tushuntirishlar berildi.

12
O‘zimiz keldik

Qiziriq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan "Istiqlol" mahallasida yashovchi II guruh nogironi O.Allamurodovaga sayyor taribda davlat xizmatlari ko'rsatilib fuqaroga elektron raqamli imzo olib berildi.

12
13 yillik shar’iy nikoh qonuniylashtirildi

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida yana bir xayrli ish amalga oshirildi.

Angor tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 13 yildan beri sha’riy nikoh asosida birga yashab kelayotgan oilaning huquqiy maqomini ta’minlash maqsadida, nikohi qonuniy tarzda qayd etilib, rasmiy nikoh guvohnomasi topshirildi.

Mazkur tashabbus “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmasligi” yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘lib, jamiyatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

11
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi adliya organlari va muassasalarining navbatdagi hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda o'tgan 2025-yil I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar ijrosi, tizimda erishilgan yutuqlar barobarida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar  keng muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yo‘l qo‘yilgan sustkashliklarga barham berish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

08
Surxondaryo viloyatida ijro intizomiga mas'ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat hokimining o‘rinbosari J.To‘rayev, Hisob palatasi mas'ul xodimi B. Dushayev, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov hamda Adliya vazirligi mas'ul xodimi  S.Allamurodov Prezidentimizning “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

Tadbir davomida 2025- yilning birinchi yarim yilligida Prezident topshiriqlarining ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi.

Ushbu tahlillar asosida ikkinchi yarim yillikda ijro intizomini yanada yaxshilash, vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.

Mavzular yuzasidan savol-javoblar va amaliy misollar asosida muhokamalar olib borildi. Bu esa ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

08
Sherobod tumani "Navbur" mahallasida huquqiy muammolar o‘rganilmoqda

Sherobod tuman adliya bo‘limi va Madad NTT tomonidan "Navbur" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda, 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 10 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilgan bo‘lsa, 8 nafar fuqarolarning,  soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, 12 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko`rsatildi.

Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.

07
Sho‘rchi tumani "Tolli" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning "Tolli" mahallasida aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni" va "Sayyor qabul" tadbirlari tashkil etildi.

“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.

Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan 10 ga yaqin masalalar bo‘yicha huquqiy muammolar alohida ish yurituvga olindi.

Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar imtiyozlar haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.