Yangiliklar
“Oyning eng yaxshi texnik xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2025-yil iyul oyining eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi:
Babayev Azizbek Babayevich– Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi 1-toifali ish yurituvchi kotib.
Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati" huquqiy aksiyasi doirasida Termiz davlat muhandislik va
agrotexnologiyalar universitetida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbir “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ish beruvchi va xodimlarda qonunlarga hurmat va ularga rioya qilish ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi hamda ish beruvchi va xodimlarni qiynayotgan dolzarb huquqiy muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularning yechimlari ko‘rib chiqildi.
Yakunda mehnat qonunchiligi hamda hayotiy dolzarb masalalar yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan batafsil tushuntirish berildi.
“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2025-yil iyul oyining eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi:
Yunusov Anvarjon Abdurashid o‘g‘li– Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Muzrabot tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʼi.
Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi viloyat ichki ishlar boshqarmasi va viloyat xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-son, 15-iyuldagi 441-son qarorlari mazmun mohiyatini mahallalardagi xotin-qizlar faollariga va boshqa mas'ul davlat organlari va tashkilotlariga batafsil tushuntirib berishdi.
Seminar so'nggida tinglochilar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan atroflicha tushunchalar olishdi.
Termiz tuman adliya bo‘limlari tomonidan "Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaf qilishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida Zoom platfromasi orqali seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda tuman IIB, Mahallar uyushmasi tuman bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi,"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman soliq inspeksiyasidan sohaga mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.
Seminardan ko'zlangan maqsad mahallalardagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining sa’y-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Adliyadan amaliy tashabbus: fuqarolarga huquqiy yordam
O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Qiziriq tumani Kengashi va tuman Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Shodlik" mahalla fuqarolar yig‘inda “Huquqiy ko‘mak” bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda qatnashgan fuqarolarga qonunchilikning asosiy normalari, davlat dasturlari va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida yuristlar va advokatlar tomonidan aholiga huquqiy masalalar bo‘yicha bepul maslahatlar berilib, ularning o‘z huquqlarini anglash va himoya qilish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ushbu tadbir aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamiyatda fuqarolarning o‘z huquqlarini bilish va himoya qilish qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
Denov tuman adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Surxondiyor” mahallasida yashovchi A.Alikulov va F.Nazarovalar o’n yetti yildan beri sha’riy nikoh asosida birga yashab kelayotganliklari aniqlandi.
Ularning huquqiy maqomini ta’minlash maqsadida, nikoh qonuniy tarzda qayd etilib, rasmiy nikoh guvohnomasi topshirildi.
Mazkur tashabbus “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmasligi” yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘lib, jamiyatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tursunov Termiz tuman adliya bo‘limi bilan birgalikda Termiz tumanidagi yoshlar bilan individual suhbat olib bordi.
Suhbat davomida yoshlarning muammolari, maqsadlari va qiziqishlari o'rganilib, yoshlarning o‘z yo‘lini topishda muhim bo‘lgan amaliy tavsiyalar berildi.
Termiz shahar adliya bo'limi xodimlari hamda Yo'l harakati xavfsizlik xodimlari bilan hamkorlikda avtomobil qatnov yo'llarida fuqarolarning yo'l qoidalariga og'ishmasdan amal qilish yuzasidan targ'ibot tadbirlari olib borildi.
Har kuni minglab odamlar yo‘llardan foydalanadi. Avtomobillar, velosipedlar, piyodalar – barchamiz yo‘l harakati qatnashchisimiz. Shuning uchun yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish hayotimizni saqlashning eng muhim omilidir.
Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish ko‘plab baxtsiz hodisalarga, jarohatlarga va ba’zida o‘limga sabab bo‘ladi. Har birimiz haydovchi, piyoda yoki yo‘lovchi sifatida o‘z mas’uliyatimizni anglab, qoidalarni to‘liq bajarishimiz lozimligi har bir fuqaroga tushuntirilib o'tildi.
Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidan "Chinor" mahallasida "HUQUQIY TARG'IBOT KUNI" tadbirlari o'tkazildi.
Tadbir davomida, sayyor qabul tashkil etildi 15 dan ortiq fuqarolarning soliq, nogironlikni tayinlash, ish tayinlash kabi murojaatlar adliya bo‘limi ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek 10 nafar fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatilishi bilan bog‘liq murojaatlari shu joyning o'zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.