Yangiliklar
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan "Elobod" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri doriasida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida, 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 15 nafar fuqarolarning murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilgan bo‘lsa, 8 nafar fuqarolarning soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojaatlari shu joyning o‘zida hal etilib, 12 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.
Bugun Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Zoom platformasi orqali "E-Qaror" tizimi foydalanuvchilariga tizimdagi muammolar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda tizimni takomillashtirish uchun takliflar bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminar qatnashchilari sohada yuzaga kelgayotgan muammoli holatlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan batafsil javoblar olishdi.
✔️Sariosiyo tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Bosh mutaxassisi;
✔️ Termiz tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi Yetakchi mutaxassisi;
✔️ Termiz shahar adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi Yetakchi mutaxassisi;
✔️ Sherobod tuman adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti;
✔️Angor tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Bosh mutaxassisi (asosiy xodim bola parvarishi ta'tilidan qaytguniga qadar muddatli mehnat shartnomasi tuziladi);
✔️ Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi Yetakchi mutaxassisi (asosiy xodim bola parvarishi ta'tilidan qaytguniga qadar muddatli mehnat shartnomasi tuziladi);
✔️Termiz tuman adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti (asosiy xodim bola parvarishi ta'tilidan qaytguniga qadar muddatli mehnat shartnomasi tuziladi);
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yil III choragi davomida
tadbirkorlik subyektlarida rejali nazorat xaridini amalga oshirish bo‘yicha
REJA-GRAFIGI
Oltinsoy tumani adliya bo‘limi FHDY boʻlimi tomonidan 3 yildan buyon shaʼriy nikoh asosida yashab kelayotgan D.Eshboyev va M.Soatovalarning nikohi qonuniy qayd etilib nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.
Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida “Mehnat qonunchiligi: muammo va yechimlar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbir “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ish beruvchi va xodimlarda qonunlarga hurmat va ularga rioya qilish ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi hamda ish beruvchi va xodimlarni qiynayotgan dolzarb huquqiy muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularning yechimlari ko‘rib chiqildi.
Yakunda mehnat qonunchiligi hamda hayotiy dolzarb masalalar yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan batafsil tushuntirish berildi.
Qiziriq tumani "Shodlik" mahallasidagi 36-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi binosida “ISHGA MARHAMAT” shiori ostida tashkil etilgan bo’sh ish yarmarkasida Qiziriq tuman Adliya bo’limi va “Madad” NNT tomonidan “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida ishtirokchilarga korrupsiyaviy omillarning kelib chiqish sabablari, shuningdek mehnat kodeksida belgilangan xodimlarning mehnat huquqlari va majburiyatlari imtiyozlari va kafolatlari toʼgʼrisida batafsil huquqiy tushunchalar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan yarmarkaga jalb etilgan probatsiya nazoratidagi shaxslarning ijtimoiy moslashuviga, o‘qish va ishga joylashishiga hamda ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatilishiga ko‘maklash, huquqiy yordam olishlari mumkinligi tushuntirildi.
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida “Mehnat qonunchiligi: muammo va yechimlar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbir “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ish beruvchi va xodimlarda qonunlarga hurmat va ularga rioya qilish ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi hamda ish beruvchi va xodimlarni qiynayotgan dolzarb huquqiy muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularning yechimlari ko‘rib chiqildi.
Yakunda mehnat qonunchiligi hamda hayotiy dolzarb masalalar yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan batafsil tushuntirish berildi.
Tashrifi davomida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi hamda "Madad" NNT byurosi xodimlari bilan individual suhbatlashib, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xizmat faoliyati hamda oilaviy sharoitidagi muammolarini o‘rgandi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i A.Isoqov xodimlarning ish faoliyatida hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammo va takliflarini o‘rganib, o‘zining fikr va mulohazalarini bildirdi.
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi, FHDY, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi, DXM hamda "Madad" NNT xodimlari tomonidan shaharning "Loyqand" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni" hamda "Adliya kuni" tadbirlari tashkil etildi.
✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
???? Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha huquqiy muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
❇️ Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar va imtiyozlar haqida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
✅Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan huquqiy masalalarga oid savollarga atroflicha javob berildi.