Yangiliklar
Sariosiyo tuman adliya bo‘limi tomonidan “ODAM SAVDOSI JINOYATI UCHUN JAZO CHORALARI KUCHAYTIRILAYOTGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSINING 135-MODDASIGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TO‘G‘RISIDA”gi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tumandagi "Xurshid" va "Bog‘i Samarqand" mahallasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Sherobod va Boysun tumanlarida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Boysun va Sherobod tumanlarida fuqarolar hamda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida jami 50 ga yaqin tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari tinglandi.
Shundan, 20 nafar tadbirkorlarning murojaatlariga intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishning afzalliklari va bu bo‘yicha talabnoma topshirish tartibi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 15 dan ortiq fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib ularning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi.
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi
Oltinsoy tumani adliya bo‘limi FHDY boʻlimi tomonidan 2 yildan buyon shaʼriy nikoh asosida yashab kelayotgan Sh.Jurayev va M.Shukuraliyevalarning nikohi rasmiylashtirilib nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida "27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan izchil huquqiy islohotlar jarayonini yoritishdagi faol ishtiroki uchun bir guruh jurnalistlarning mehnati e’tirof etilib, tashаkkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Bundan keyingi faoliyatlaringizga ham omad va zafarlar tilagan holda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi fidokorona xizmatlaringiz uchun tashakkur bildirmiz.
Surxondaryoda 108 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.
Bandixon tumanidan 6 nafar, Jarqo‘rg‘on tumanidan 14 nafar, Muzrabot tumanidan 6 nafar, Oltinsoy tumanidan 51 nafar, Qiziriq tumanidan 3 nafar, Sho‘rchi tumanidan 4 nafar, termiz tumanidan 16 nafar, Uzun tumanidan 8 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi
Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur seminarda Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hatamov ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish vazirlik tizimining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligini, bu borada vazirlik tomonidan bir qator tashkiliy-amaliy choralar ko‘rib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularning bartaraf etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlarni yanada tizimli tashkil etish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berdi.(Batafsil...)
Saparov Baxodir Ergashevich - Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil 13-iyundagi 214-sht-son buyrug‘iga asosan Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi
Jinoyat ishlarri bo‘yicha Termiz shahar sudining ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun amlimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan Axmedov Ruslan Sodikovich (ism sharifi o‘zgartirilgan)ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2025 yil 18 yanvardagi hal qiluv qaroriga aossan, qarzdor Axmedov Ruslan Sodikovichdan undiruvchi Safarova Nargiza Jo‘raevna (ism sharifi o‘zgartirilgan) foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti barcha ish haqi va boshqa barcha ishlab topgan daromadlarining 1\3 qismi miqdorida aliment to‘lash lozim bo‘ladi, 2025 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 iyunga qadar bo‘lgan davr uchun jami bo‘lib 8.162.810 so‘m aliment qarzlarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlariga ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.(Batafsil...)
✅ Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidan chekka hududdagi ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan "og‘ir toifadagi" jinoyatchilik va murojaatlar oshgan hamda ko‘pmillatli "Navro‘z" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri tashkil etildi.
✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha huquqiy muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
❇️ Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar va imtiyozlar haqida targ‘ibot materiallari va bukletlar tarqatildi.
✅Tadbir ishtirokchilariga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.(Batafsil...)
✅ Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan chekka hududdagi ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan "og‘ir toifadagi" jinoyatchilik va murojaatlar oshgan hamda ko‘pmillatli "Amu sohillari" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri tashkil etildi.
✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha huquqiy muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
❇️ Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar va imtiyozlar haqida targ‘ibot materiallari va bukletlar tarqatildi.
✅Tadbir ishtirokchilariga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.(Batafsil...)