Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

26
QAROR MAZMUN - MOHIYATI AHOLIGA YETKAZILMOQDA

Joriy yilning  26-may kuni  tuman, shahar adliya bo'limi YKXM, DXM va FHDY xodimlari tomonidan binoga tashrif buyurgan fuqarolarga Vazirlar Mahkamasining 2024-yil
16-aprel kuni "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  tegishli qarori yuzasidan  tushuntirish olib borilmoqda.

15
#yashil_makon

Surxondaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu jarayonda adliya xodimlari ham faol ishtirok etib, ekologik musaffolik hamda yashil tabiat rivojiga munosib hissa qo‘shish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Termiz tumanining “Qahramon” mahallasi hududida 2  gektar maydonga tashkil etilgan “Adliya bog‘i”da mevali hamda manzarali daraxtlar ekilmoqda.

???? Tizim xodimlari birlashib erta tongdan hashar ishlariga bel bog‘lashdi. Bunday jamoaviy tadbirlar xodimlar o‘rtasida ijobiy muhitning shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

???? O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan hayrli tadbir natijasida katta maydonga minglab yosh nihollar qadaldi. Ularning unib-o‘sishi va rivoj topishi uchun endilikda ko‘chatlar muntazam parvarishlab boriladi.

09
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi nodavlat notijorat tashkilotlari sho‘basi tomonidan Termiz shahrida o‘z faoliyatini boshlagan “Sulton Saodat” jome' masjidi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

➡️ Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi nodavlat notijorat tashkilotlari sho‘basi tomonidan Termiz shahrida o‘z faoliyatini boshlagan “Sulton Saodat” jome' masjidi 137-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

❗️ Mazkur jome' masjidi faoliyatining asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining islom diniga e’tiqod qilish ehtiyojini qondirish, ibodat, rasm-rusumlarni birgalikda ado etishga imkon yaratishdan iboratdir.

02
#Rasmiy_munosabat

#Rasmiy_munosabat

“Sho‘rchi tumanida elektr toki uzilishi sabab FHDY bo‘limi uch kundan beri aholiga xizmat ko‘rsatmayapti. Muammo yana bir hafta davom etishi aytilgan” mazmundagi ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Joriy yilning 29-mart (juma) kuni soat 22:00 dan so‘ng Sho‘rchi tumanida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik sababli tumandagi elektr simlarida qisqa tutashuvlar ro‘y berib, Sho‘rchi tuman adliya bo‘limidagi transformator nosoz holatga kelib qolgan. 

Ushbu holat tuman elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullari tomonidan o‘rganilib, transformatorni tuzatish choralari ko‘rilgan.  FHDY bo‘limi o‘z faoliyatini 1-aprel kunidan  to‘liq amalga oshirib boshlagan.

Jumladan, 1-aprel dushanba kuni Sho‘rchi tuman FHDY bo‘limi tomonidan jami 29 ta fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd etilganligi ma’lum qilinadi.

30
#Yashil_makon

????  Surxondaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu jarayonda adliya xodimlari ham faol ishtirok etib, ekologik musaffolik hamda yashil tabiat rivojiga munosib hissa qo‘shish maqsadida viloyat adliya boshqarmasida mevali hamda manzarali daraxtlar ekildi. 

???? Tizim xodimlari birlashib erta tongdan hashar ishlariga bel bog‘lashdi. Bunday jamoaviy tadbirlar xodimlar o‘rtasida ijobiy muhitning shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

???? O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan hayrli tadbir natijasida yosh nihollar qadaldi. Ularning unib-o‘sishi va rivoj topishi uchun endilikda ko‘chatlar muntazam parvarishlab boriladi.

28
#Islohotlarda_daxldorman

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talabalari bilan birgalikda Sherobod tumani 4-sektorga qarashli eng olis hudud - "Poshxurt" mahallasida, Angor tumani 1-son kasb-hunar maktabida, Muzrabot tumani 40-sonli maktabda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarimizning bilimlarini oshirishga qaratilgan "Islohotlarga daxldorman” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.

19
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Avazov Bunyod G‘ayrat o‘g‘li  Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi bosh maslahatchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchi lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi B. Avazovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

17
Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda binolar atrofini ko‘kalamzorlashtirish, sog‘lom turmush tarzi va sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish maqsadida hashar o'tkazildi.(Batafsil...)

16
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Choriyeva Muhabbat Axmedovna -  Termiz tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy FHDY arxiv mudiri lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi M. Choriyevani ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

15
#Kontrafaktsiz_oy

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 17-bandi ijrosi yuzasidan joriy yilning 13-mart kuni Termiz shahrida joylashgan Qo‘g‘irchoq teatri xodimlari uchun "Mualliflik va turdosh huquqi obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi" mavzusida seminar tashkil etildi.