Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

04
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va notarial palata Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi bilan birgalikda viloyatda faoliyat olib boruvchi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar  ishtirokida Zoom platformasi orqali seminar-trening o‘

Seminar-trening Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Ismailov boshchiligida olib borildi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad, onlayn notarial harakatlarning amalga oshirish, ijro xatlarini yozish hamda boshqa turdagi notarial harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berildi

 Mazkur seminar-trening mavzu doirasida tashkil etilib, unda tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi. 

03
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi dorasida sayyor qabul va Adliya kuni tadbiri o'tkazildi.

 

Denov tuman adliya bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 25-maydagi “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tumanidagi 77-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilari uchun sayyor qabul va “Adliya kuni” tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida bolalar hamda ularning ota-onalariga bolalar huquqlari, ular uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

02
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi dorasida sayyor qabul va Adliya kuni tadbiri o'tkazildi

Joriy yilning 2-iyun kuni Qiziriq tuman "Bog‘iston" mahallasida Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 25-maydagi “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tibbiyot texnikumi maʼsullari bilan birgalikda sayyor qabul va “Adliya kuni” tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida, bolalar va ularning ota-onalari ishtiorkida sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda 3 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, bolalar hamda ularning ota-onalariga bolalar huquqlari, ular uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

01
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari farzandlari uchun 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qo‘g‘irchoq teatrda maxsus teatr sahnasi tashkil etildi.

 Tadbir davomida bolajonlar uchun qiziqarli va tarbiyaviy mazmundagi spektakllar namoyish etilib, ularning quvonchi va zavqiga boy lahzalar yaratildi. Rang-barang sahna ko‘rinishlari hamda samimiy muhit bolalar xotirasida unutilmas taassurot qoldirdi.

 Bunday tadbirlar farzandlarimizning madaniy dunyoqarashini boyitish, oila qadriyatlarini mustahkamlash hamda bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatishning yorqin ifodasidir.

 Bolalar kulgisi — eng chiroyli bayram bezagi!

26
Termiz tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan “Mehr ulash” xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya davomida adliya bo‘limi xodimlari hamda faol fuqarolar insonparvarlik va mehr-oqibat tamoyillarini namoyon etib, bemorlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish maqsadida donorlik qonlarini topshirdilar.

Ushbu xayriya aksiyasi orqali qonga muhtoj bo‘lgan bemorlarning salomatligini tiklash hamda inson hayotini saqlab qolishga munosib hissa qo‘shildi.

Inson hayotini asrash — eng oliy qadriyat!

25
JARQO‘RG‘ON TUMANIDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRI O‘TKAZILDI

2026-yil 25-may kuni tumandagi umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.

Jumladan, Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limiga biriktirilgan 18-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tantanali tadbirda adliya bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi hamda bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘llarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilandi.

Tadbir yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak maqsadlar sari intilish va yangi marralarni zabt etishga ruhlantirdi.

22
UZUN TUMANI "DO‘STLIK"MAHALLASIDA SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 sonli qarorni ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini o‘rganish hamda bandlikni ta’minlash maqsadida hududlarda manzilli ishlar davom ettirilmoqda.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Uzun tumani “Do‘stlik” mahallasida sayyor qabul va mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, huquqiy muammolar yuzasidan amaliy yordam hamda tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ish izlovchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va bandlik imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

???? Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

21
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida yosh xotin-qizlar uchun master-klasslar tashkil etildi

 Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Surxondaryo viloyat hunarmandchilik markazida yosh xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

????Tadbir davomida yosh xotin-qizlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

????Shuningdek, ishtirokchilar uchun milliy hunarmandchilik va zamonaviy dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy master-klasslar tashkil etilib, unda hunarmand ustalar tomonidan kasb sir-asrorlari, yangi dizayn ishlanmalari hamda zamonaviy yondashuvlar yuzasidan mahorat darslari o‘tkazildi.

????Yoshlar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, milliy uslubdagi qo‘l mehnati mahsulotlari va zamonaviy dizayn namunalari namoyish etilib, ularning yaratilish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

????Mazkur uchrashuv yosh xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga xizmat qildi.

20
NIZOLI OILALAR BILAN MANZILLI ISHLAR DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari ijrosinita`minlash maqsadida hududlarda sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Termiz tumani "M.Eshtemirov" mahallasi hamda Termiz shahri "Alpomish" MFY hududlarida nizoli oilalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida oilaviy nizolarni bartaraf etish, sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasi hamda fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

19
PQ-1 VA PQ-2 QARORLARI IJROSI: NIZOLI OILALAR BILAN MANZILLI ISHLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda fuqarolar bilan ochiq muloqot va sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Angor tumanining “Sharq guli” hamda Muzrabot tumanining “Yangi diyor” mahallalarida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida oilaviy nizolarni bartaraf etish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va totuvlikni qaror toptirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan huquqiy muammolar yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

Hududlarda amalga oshirilayotgan bunday manzilli ishlar aholining huquqiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda oilalarda barqaror muhitni ta’minlashga xizmat qilmoqda.