Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

28
Surxondaryoda "Adliya sayli"

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 33 yilligi munosabati bilan  Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida "Adliya sayli" o‘tkazildi. 

Tadbir davomida fuqarolarni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan turli soha vakillari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.

"Sayyor qabul" ko‘rinishida fuqarolarning muammolariga yechim izlandi.

Shuningdek, FHDY, notariat va boshqa turdagi 60 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi: notariat, advokatura hamda adliya bo'limlari tomonidan 100 ga yaqin fuqarolarga bepul huquqiy va boshqa turdagi maslahatlar berildi.

Volontyorlar a'zolari tomonidan 100 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatish barobarida “Street law” va “Online xizmatlar” afzalliklari targ`ib qilindi.

 Aholi o‘rtasida "Huquqiy viktorina" o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz davom etgan bahsda g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Tadbir qatnashchilariga yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub'ektlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning afzalliklari haqida batafsil tushunchalar berildi.

28
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, adliya vaziri Surxondaryo viloyat yuridik texnikumida oʻquv jarayonlarini tashkil etilganlik, oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining taʼminlanganlik darajasi bilan yaqindan tanishdi. Texnikum binosi 600 oʻringa moʻljallangan, 150 oʻrinli oʻquvchilar turar joyi, sport zali, sport oʻyinlari uchun maydonlardan iborat.

Vazir texnikumdagi mavjud muammolar yuzasidan oʻz tavsiyalarini hamda oʻquvchilarni kelgusida kasbga yoʻnaltirishga doir qilinishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.

Navbatdagi manzil — X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy boʻlimi boʻldi. Adliya vaziri tomonidan uning faoliyatidagi mavjud muammolar va kelgusida rivojlantirish masalalari tahlil qilindi(Batafsil..)

24
HASHAR HAQIQIY MEHNAT BAYRAMI

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo‘lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.

Mana shunday mustaqillik bayram kunlarida mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

O‘zida poklik, insoniylik kabi ezgu jihatlarni mujassam etgan hashar tadbirlari Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya organlarida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi. 

Erta tongdan barcha boshqarma  xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.

O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, binolar hududi, xizmat xonalari ozoda va fayzli bo'ladi.

23
Denov tumanida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi

Joriy yilning 23-avgust kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Denov tumanidagi "Nurli manzil" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtrirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Turli sohaga oid murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab etadigan 21 ta murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi. 

Tadbir davomida, 2 nafar fuqarolarga farzandi uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar sayyor tartibda topshirildi.

Shuningdek, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.

22
G‘aforov Avliyoqul bobo hamda Xolmuradova Aygul ayaning 21 yillik nikohlari Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi FHDY bo'limi tomonidan qonuniy qayd etildi.

"Turmush oʻrtogʻim bilan oila qurganimizga 20 yildan oshdi, ayolim bilan qonuniy nikohdan o‘tish istagi paydo boʻldi qayerga murojaat qilishimiz mumkinligini bilmay turganimizda uyimizga adliya bo'limi xodimlari kirib kelishdi". deydi, - 57 yoshli Avliyoqul bobo.

Adliya organlari vakillari har bir mahallada fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganishlari davomida turli taqdirlar va turli masalalar bilan yuzma-yuz kelishadi. 

Qumqo‘rg‘on tuman  adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman adliya bo‘limlariga yuklatilgan yangi vazifalai ijrosini ta’minlash maqsadida, uyma-uy yurgan holda fuqarolarga huquqiy ko‘mak berib kelinmoqda. 

Ana shunday targ'ibot tadbirlarining birida Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi G‘aforovlarning nikohi qonuniy qayd etilmaganligi aniqlandi.

G‘aforov Avliyoqul bobo hamda Xolmuradova Aygul ayaning 21 yillik nikohlari Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi FHDY bo'limi tomonidan qonuniy qayd etildi.

17
O'ZIMIZ KELDIK

Uzun tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning "Tolto'g'ay" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli  Farmoni ijrosi yuzasidan sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolarning huquqiy muammolari o'rganildi hamda Sayyor tarzda davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Uyma-uy yurish davomida 10 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolarga 16 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi.

08
Uch yillik muammo hal etildi

Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan  "Buyuk zamin" mahallasida yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj 1-guruh nogironligi bo‘lgan 2 nafar yoshlarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat - ID karta olishda amaliy yordam berildi.

01
"Adliya kuni" tadbiri jadal sur'atda òtkazilmoqda | ENG OLIS HUDUD, ENG OLIS MAHALLA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, DXM va  FHDY xodimlari tomonidan tumandagi "Kash" mahalla fuqarolar yiĝinida istiqomat qiluvchi fuqarolarga sayyor qabul va sayyor davlat xizmatlari kòrsatildi.

Mahalla ettiligiga qonunchilik hujjatlari mohiyati tushuntirildi va yagona huquqni qòllash amaliyotini shakllantirish maqsadida metodik yordam kòrsatildi.

Aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar aniqlandi.

Fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam kòrsatildi.

Shuningdek mahallada uyma-uy yurish orqali  fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.

31
"Adliya kuni" va "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbirlari o‘tkazilmoqda

"Adliya kuni" va "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbirlari o‘tkazilmoqda

Termiz shahridagi "Turon" mahallasida "Adliya kuni" hamda  "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbirlari o‘tkazildi. 

Tadbir davomida sayyor qabul o‘kazilib, fuqarolar tomonidan 15 dan ortiq murojaatlar bo'ldi. Murojaatlarning 10 dan ortig‘iga huquqiy tushuntirish berildi. Ayrim murojaatlar tegishli tartibda ko'rib chiqish uchun alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga 10 dan ziyod sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

23
Surxondaryo viloyat matbuot uyida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Bugun viloyat matbuot uyida “Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o‘tgan 2024-yil 1-yarim yilligi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqovning axboroti tinglandi.

O'tkazilgan matbuot anjumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.