Yangiliklar
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va Termiz tuman adliya bo‘limi tomonidan Termiz davlat pedagogika institutida mualliflik va turdosh huquqlarga nisbatan hurmat tuyg‘usini oshirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
✅Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
✅ Seminarda mualliflikni o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman e’lon qilinguniga qadar muallifning roziligisiz oshkor etishning salbiy oqibatlari va qo 'llaniladigan jazo choralari haqida ham tushunchalar berib o'tildi.
✅Tadbir yakunida fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy savollar yuzasidan batafsil javoblar va amaliy tavsiyalar berildi.
Bandixon tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning "Zevar" mahallasida Sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Davlat xizmatlari ko'rsatish davomida, 15 nafar fuqaroga moddiy yordam olish uchun ariza, 5 nafar fuqaroga kam taminlangan ma'lumotnoma, 2 nafar fuqaroga yashash joyidan ma'lumotnoma tayyorlab berildi.
Shuningdek, fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshoatlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O‘RQ-937-son Qonuni, O‘RQ-1083-son Qonun, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Seminarda “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi ijrosi muhokama qilinib, ijodkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritildi.
???? Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
???? Bundan tashqari, oylik doirasida yoshlarga mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
✅Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi ta’lim muassasalari va texnikumda mualliflik va turdosh huquqlarga nisbatan hurmat tuyg‘usini oshirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
✅Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
✅ Jumladan, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari, shuningdek, mualliflik huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlari haqida ma’lumotlar berildi.
✅Tadbir yakunida fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy savollar yuzasidan batafsil javoblar va amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir doirasida yoshlarni qiziqtirgan bir qancha savollarga boshqarma rahbariyati hamda tizim xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar, xususan adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Bugun Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan Termiz Davlat universitetida viloyat madaniyat boshqarmasi, viloyatdagi nashriyotlar hamda san’at va ijod sohasida faol shaxslar ishtirokida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati tashkil etildi.
???? Tadbirda oylik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi ijrosi muhokama qilinib, ijodkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritildi.
???? Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi madaniyat markazida mualliflik va turdosh
huquqlariga nisbatan hurmat hissini uyg‘otish va yanada rivojlantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ–1080-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunini bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari haqida ham tushunchalar berildi.
Xususan, Bandixon tuman adliya bo'limi tomonidan san'at va ijod ahli, OAV va blogerlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk himoyasi va mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va boshlanayotgan oylik bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bildirilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning muammolari o'rganilib va 8 ta murojaat bo'lim ish yurituviga qabul qilindi qaratildi hamda 11 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmnatlari ko‘rsatildi.
Qabul davomida ishtirokchilarga aholining kundalik hayotida ko‘p uchraydigan huquqiy masalalar sodda, xalqchil tilda tushuntirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1080-son Qonuni, shuningdek, Davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli va 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli Qarorlarining mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbirga 30 dan ortiq yoshlar va jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. Tadbirda tuzilma rahbarlari va xodimlari tashrif buyurgan yoshlarga o‘zlarining faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berishdi.
Yoshlar aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatishga oid jonli jarayonlarni kuzatish barobarida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.