Yangiliklar
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat qon quyish markazi bilan birgalikda “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
????Adliya boshqarmasi jamoasi “Donor sifatida mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling” chaqirig‘i bilan qolganlarni ham ushbu xayriya aksiyasida ishtirok etishlarini chorlaydi.
✳️ Azaldan yoshi ulug‘larni e’zozlash, ularga ehtirom ko‘rsatish, qolaversa, ularning pand-nasihatlarini olish xalqimiz qon-qoniga singgan ezgu qadriyatdir. Zero, hayot va mehnatda katta tajriba sohiblarining yo‘l-yo‘riqlari yosh avlod uchun yo‘lchi yulduz vazifasini o‘taydi.
Bugun, 7-may kuni Surxondaryo viloyat aliya boshqarmasida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan adliya organlarida uzoq yillar halol xizmat qilgan adliya faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✳️ Ta’kidlangandek, adliya faxriylari turli yillarda tizimda olib borgan samarali mehnat faoliyati yurtimiz ravnaqi, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda faxriy ustozlar tarbiyalagan shogirdlar ular qoldirgan ulkan maktabni davom ettirmoqda. (Batafsil...)
Mirzayeva Zulfiya Artikovna - Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil 30-apreldagi 175-sht-son buyrug‘iga asosan Sariosiyo tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi lavozimiga tayinlandi
Allanazarov Safar Panjiyevich- Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil 29-apreldagi 172-sht-son buyrug‘iga asosan Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sultanov Rashid Jumanazarovich - Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil 29-apreldagi 172-sht-son buyrug‘iga asosan Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Xodjamkulov Sa’dulla Xushvaktovich - Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil 23-apreldagi 159-sht-son buyrug‘iga asosan Uzun tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi
✅ Mazkur mahallada tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi B.Avazov tomonidan 30 dan ortiq fuqaroning huquqiy muammolari eshitilib, 10 tasi joyida hal etildi. Murojaatlarning 3 tasi ijroga qaratildi, 10 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
✅ Shuningdek, fuqarolarga Prezidentning 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli Qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha energiya tejamkor vositalardan foydalanish yuzasidan huquqiy targ'ibot ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari tadbir doirasida fuqarolarning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq 10 dan ortiq murojaatlari joyida sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan hal etildi.
Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting! (Batafsil...)
Abdukadirov Xakimjon Xamidovich - Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil 23-apreldagi 159-sht-son buyrug‘iga asosan Sariosiyo tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasida Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i M.Hatamov, Advokatura va mediatsiya bo‘limi katta maslahatchisi M.Nafasovlar tomonidan, ichki ishlar xodimlari, sudyalar hamda advokatlar ishtirokida “Yuridik yordam” axborot tizimi, undan foydalanishda o‘zaro hamkorlik va davlat hisobidan himoyani tezkor va sifatli ta’minlash bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
✅ Seminarda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi va nizomni amaliyotga tatbiq etish borasida uchrayotgan muammolar muhokama etildi.
✔️ Shuningdek, ishtirokchilar amaliyotdagi muammolar bo‘yicha masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.(Batafsil...)
Termiz shahar adliya bo'limi tomonidan tasdiqlangan tumandagi mahallalarda, budjet tashkilotlarida, o'quv muassasalarida hamda boshqa jamoat joylarida "Huquqiy targ'ibot kuni" targ'ibot tadbirlari o`tkazib borilmoqda.
Xususan, bo'lim xodimlari tomonidan shahardagi 15 va 26-umumiy o'rta ta'lim maktabida va "Yulduz" MFYda targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur yig'ilishda qonunchilikdagi so'nggi yangiliklar, jumladan O'RQ-1027-son qonun, PF-80-son Farmon, PQ-133-son, VMQ-204-son qarorning mazmun-mohiyati, amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, PQ-1-sonli qarorning ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar, xususan, firibgarlik jinoyati, Firibgarlik jinoyatining oldini olish bo'yicha tushuntirishlar berildi.(Batafsil...)