Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

30
Ko‘p yillik huquqiy muammolar hal etilmoqda

#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

Yana bir ko‘p yillik huquqiy muammo hal etildi

Angor tumani adliya bo‘limi FHDY boʻlimi tomonidan  ko‘p yillardan beri shaʼriy nikoh asosida yashab kelayotgan E.Saydullayev va R.Mamarasulovaning nikohi qonuniy qayd etilib nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

30
Mustaqillik mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri o‘tkazildi.

Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, qabul davomida, 50 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 20 nafar fuqarolarning murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilgan bo‘lsa, 11 nafar fuqarolarning,  soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, 14 nafar fuqarolarning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko`rsatildi.

Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir

29
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov tomonidan uyma-uy yurish orqali 20 ga yaqin xonadonlarga kirib borildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov Termiz tumani "Namuna" mahallasida uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida, A.Isoqov tomonidan 30 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 12 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 16 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganish muddat talab etganligi sababli ish yurituviga qabul qilinib, o‘rganish ishlari boshlab yuborildi.

29
Sayyor xizmat - elga xizmat

Hududlarda joylarga chiqqan holda sayyor tartibda davlat xizmatlarini ko‘rsatish davom etmoqda.

Xususan, Angor tuman adliya boʻlimi DXM xodimlari tomonidan Angor Markaziy Dehqon bozori hududida sayyor tartibda 12 nafar fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Bu kabi tadbirlar fuqarolarning uzog‘ini yaqin, og‘irini esa yengil qilishiga ishonamiz!

29
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi, tuman(shahar) adliya bo‘limlari tomonidan uyma-uy yurish hamda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi manzil Uzun tumani! Ushbu tumandagi mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholi, shu jumladan yoshlarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, tadbirkorlarni qonunchilikda belgilangan huquqlar, imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilinib, huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

✅ Uyma-uy yurish davomida, mahalla aholisi qonunchilikdagi yangiliklardan ham xabardor qilinib, tadbir so‘ngida ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy tushuntirish berildi.

29
"Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaf qilishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan "Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaf qilishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Sho‘rchi tuman IIB, Mahallar uyushmasi tuman bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi,"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman soliq inspeksiyasidan sohaga mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Seminardan ko'zlangan maqsad mahallalardagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining sa’y-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.

28
Yana bir ko‘p yillik huquqiy muammo hal etildi

Denov tumani adliya bo‘limi 1-son  FHDY boʻlimi tomonidan  3 yildan buyon shaʼriy nikoh asosida yashab kelayotgan N.Ro'ziboyev va H.Maxammadiyevalarning nikohi qonuniy qayd etilib nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

28
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi, tuman(shahar) adliya bo‘limlari tomonidan uyma-uy yurish hamda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi, tuman(shahar) adliya bo‘limlari tomonidan uyma-uy yurish hamda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

♻️ Navbatdagi manzil Jarqo‘rg‘on tumani! Ushbu tumandagi mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholi, shu jumladan yoshlarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, tadbirkorlarni qonunchilikda belgilangan huquqlar, imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilinib, huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

✅ Uyma-uy yurish davomida, mahalla aholisi qonunchilikdagi yangiliklardan ham xabardor qilinib, tadbir so‘ngida ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy tushuntirish berildi.

28
Birga yashab oʻtilgan 25 yilga qonuniy muhr qo‘yildi.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida yana bir xayrli ish amalga oshirildi.

Termiz shahar adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Alpomish” mahallasida yashovchi I. Salimov va U. Norbayeva yigirma besh yildan beri faqat sha’riy nikoh asosida birga yashab kelayotganliklari aniqlandi.

Ularning huquqiy maqomini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 28-iyul kuni nikoh qonuniy tarzda qayd etilib, rasmiy nikoh guvohnomasi topshirildi.

Mazkur tashabbus “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmasligi” yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘lib, jamiyatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

25
"Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaf qilishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Bugun Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov rahbarligida "Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaf qilishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida seminar o‘tkazildi.