Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

18
Boysun tumani “O‘rta Machay” mahallasida nizoli oilalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov ishtirok etib, fuqarolar bilan alohida suhbatlar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida oilaviy nizolarni bartaraf etish, o‘zaro hurmat va totuvlik muhitini mustahkamlash, shuningdek, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, murojaatlar tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

15
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Mehr ulash" xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

Boshqarma tizimida doimiy tashkil etilib kelinadigan ushbu xayrli aksiyada nafaqat boshqarma markaziy apparati xodimlari, balki, tuman(shahar) adliya bo‘limlari xodimlari ham faol ishtirok etdi.
O‘ylaymizki, topshirilgan donorlik qonlari turli kasalliklar yoki baxtsiz xodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

14
“Yoshlar kuni” munosabati bilan yosh ixtirochilar va tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun “Yoshlar kuni” doirasida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi Surxondaryo viloyati innovatsion rivojlanish bo‘linmasi bilan hamkorlikda Termiz yoshlar texnoparki davlat muassasasida yosh ixtirochilar va tadqiqotchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ular tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion loyihalar, ixtiro modellari, robototexnika hamda zamonaviy uskunalar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga ixtirolarni qonuniy himoya qilish, mualliflik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish, patent olish tartiblari va intellektual mulk sohasidagi huquqiy imkoniyatlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Yoshlar o‘zlari yaratgan modellar, robotlar va texnik qurilmalarni namoyish etib, ularning ishlash jarayonlarini amaliy va ko‘rgazmali tarzda tushuntirib berishdi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy bilimlarini oshirish hamda kelgusidagi ilmiy-amaliy faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qildi.

13
Jarqo`rg`on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Do‘stlik” MFYda sayyor qabul va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolarga yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish (PF-258-son), korrupsiyaning oldini olish (PF-270-son), mahallalarda xavfsiz muhitni joriy etish (PQ-1-son) hamda ayollar va bolalar huquqlari himoyasini kuchaytirishga (PF-33-son) oid farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. SHuningdek, giyohvandlik, firibgarlik va kiberxavfsizlikka qarshi kurashish masalalarida huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan 1 ta fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 4 ta fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 1 ta fuqaroning murojaat ko‘rib chiqish uchun ijroga olindi.

12
Termiz tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan M.Eshtemirov mahallasida aholining huquqiy muammolarini o‘rganish va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tashkil etilgan ushbu tadbirda asosiy e’tibor nizoli oilalar va fuqarolarning murojaatlariga qaratildi.

​Qabul davomida ko‘rilgan masalalar:

​ Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish choralari ko‘rildi.
 Farzand nafaqasi, moddiy yordam va imtiyozlar borasidagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.
 Uy-joy va meros masalalarida fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.
 Fuqarolarning murojaatlari joyida hal etilib, tegishli huquqiy yechimlar taklif qilindi.

Sayyor qabul davomida adliya xodimlari tomonidan hududdagi nizoli oilalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi. Oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish, farzandlar tarbiyasi va huquqiy majburiyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

08
SURXONDARYODA “ZAKOVAT” BELLASHUVI: INTELLEKTUAL SALOHIYAT VA HUQUQIY BILIMLAR SINOVI

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbir “Rahbar va yoshlar” muloqotining amaliy maydoniga aylanib, unda yoshlarning huquqiy islohotlar borasidagi yangi g‘oya va tashabbuslari tinglandi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar o‘rganilib, huquqiy yechimlar yuzasidan fikr almashildi.

Murosasiz kechgan bahslar yakunida yuqori bilim namoyon etgan ishtirokchilar adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ushbu loyihalar yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

07
Sho‘rchi tumani mahallalarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish maqsadida Sho‘rchi tuman Dehqon bozorida fuqarolar va tadbirkorlarga fribgarlik jinoyati qurboniga ay

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi fuqarolar ongida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularni turli yot g‘oyalar va zararli oqimlardan himoya qilish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, ularning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha zarur tushunchalar batafsil yoritib berildi. Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

06
Oltinsoyda sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 6-may kuni Oltinsoy tuman adliya bo‘limi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida "A.Bo‘tayev" mahallasi hududidagi 2-sonli texnikum binosida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida aholiga ijtimoiy himoya, korrupsiyaga qarshi kurashish, qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlashga oid yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, kiberjinoyatchilik qurboniga aylanmaslik bo‘yicha tavsiyalar berilib, mavzuga oid infografika va flayerlar tarqatildi.

Muloqotlar yakunida 8 nafar fuqaroning murojaatiga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 4 ta murojaat esa o‘rganib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

05
Shoʻrchi tumanida otaliqqa olingan maktabdagi “Huquq sinfi”da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Shoʻrchi tumanidagi otaliqqa olingan tumandagi 52-sonli maktabida “Sud tizimi va adolat, Odil sudlov prinsiplarining ahamiyati” mavzlarida tuman adliya bo‘limi tomonidan huquq sinfida huquq darslar tashkil etildi.

Darslar davomida 10-11-sinf  oʻquvchilari oʻzlari qiziqtirgan savollariga amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

Shuningdek, darslarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham atroflicha maʼlumot berildi.

04
Uzun tumanida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan 3-son texnikumda o‘tkazilib, unda yoshlarning fikr va takliflari tinglandi, ularni qiynayotgan muammolar muhokama qilinib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlar bilan manzilli ishlashni yanada samarali tashkil etishga xizmat qildi.