Yangiliklar
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
- Tilovqobilov G‘ayrat Jaylovovich Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Angor tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Termiz shahar adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi G‘.Tilovqobilovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yil IVchorak davomida tadbirkorlik subyektlarida rejasi nazorat xaridini amalga oshirish bo‘yicha Reja-grafigi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan:
- Tursunov Safar Raxmatulloyevich - Termiz shahar adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi S.Tursunovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Joriy yilning 28-avgust kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Bandixon tumanidagi "Limonzor" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtrirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Turli sohaga oid murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab etadigan 13 ta murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
- . Boburbek Boborajab Amonzodani Uzun tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sariosiyo tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi B. Boborajabni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
- Tursunov Safar Raxmatulloyevichni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Muzrabot tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Termiz shahar adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi S. Tursunovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Huquqshunos bo‘lish istagida bo‘lganlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratildi.
Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarida "Yurisprudensiya" yo'nalishida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 25-sentabrga qadar my.uzbmb.uz (https://my.uzbmb.uz/) saytida yuridik texnikumlarni tanlashi mumkin.
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan уоki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq Yuridik texnikumlarda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar 2024-yil 25-sentabrga qadar Yuridik texnikumlarga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Murojaat uchun telefonlar:
+998936384764
+998907475631
Angor tuman adliya bo‘limi tomonidan aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari uyma-uy yurilgan holda aholining huquqiy muammolari o‘rganilmoqda va hal etilmoqda.
Xususan, tumandagi “Bahor” mahallasida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan, bolalikdan nogironligi bo‘lgan fuqaro M.To‘raevaning hozirgi kunga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat olish masalasidagi muammosi tuman adliya bo‘limining ko‘magi asosida sayyor tartibda xizmatlar ko‘rsatilib, ungashaxsini tasdiqlochi hujjat - ID karta rasmiylashtirib berilishi ta’minlandi.
Qabul davomida, o‘z mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari ishtirok etib o‘zlarining muammolari bilan mas'ullarga yuzlandilar.
Qabulda 20 ga yaqin murojaatlar bo‘ldi. Shundan, 15 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish uchun muddat talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olindi.
Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi yoshlar uchun "Tengdoshimga huquqiy yordam" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash, ular qalbida ona Vatanga muhabbat, kitob o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish mavzularida davra suhbatlari tаshkil qilindi.
Shuningdek, qonunchiligimizda yoshlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Tadbir davomida, yoshlar o‘rtasida sportning futbol, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Tadbir so‘ngida g‘oliblar munosib taqdirlandi.