Yangiliklar
Boysun tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyev tomonidan tumandagi 1-son politexnikumda “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” mavsusida seminar tashkil etildi.
✅Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga zararli ta’siri, halollik va shaffoflik tamoyillari, qonuniylikka rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✅ Jumladan, tadbirda ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va bu borada qabul qilingan boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ–1-son “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar haqida hamda turli xil jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga firibgarlik, o‘g‘irlik, bezorilik va boshqa jinoyatlar hamda ularning oqibatlari, sodir etilishining oldini olish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan "Uzumzor" mahallasida sayyor qabul tashkil etilib, unda 20 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 8 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa 4 nafar fuqarolarning murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 9 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sayyor qabuldan so‘ng, bo‘lim xodimari tomonidan uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari o‘rganildi va hal etish choralari ko'rildi.
Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.
Termiz shahridagi otaliqqa olingan maktabda huquqiy ma’rifatga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
✅ Termiz shahridagi otaliqqa olingan 23-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Huquq sinfi” da navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Tadbirda Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari hamda profilaktika inspektori ishtirok etishdi.
???? Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga “Konstitutsiyaviy burchlar, davlat ramzlarini hurmat qilish” mavzusi keng yoritildi. Tadbir ishtirokchilari jinoyat sodir etilganida qo‘llaniladigan huquqiy mexanizmlar, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
???? Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni huquqiy madaniyatga yo‘naltirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunchilik bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat bo‘lib, kelgusida mazkur yo‘nalishda mavzular doirasini yanada kengaytirib borish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutisiyasining 33 yilligi munosabati bilan hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida 2025-yilda
o‘tkaziladigan “timbilding” tadbirlar dasturiga asosan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tizim xodimlari orasida "Zakovat" Intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda g‘olib jamoa qo‘shimcha savollar o‘ynalishi natijasida aniqlandi.
1-o‘rin: Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi;
2-o‘rin: Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi jamoasi;
3-o‘rin: Qiziriq tuman adliya bo‘limi jamoasi.
Tabdir so'nggida g'oliblar pul mukofotii va diplomlar bilan taqdirlandi.
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Konstitutsiya - huquqlarim poydevori" mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirok etgan o'quvchilar, dastlab, maktab bosqichida saralanib, so‘ngra tuman(shahar) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan bir nafar ishtirokchi tanlovning viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Olimpiadaning hududiy bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar respublika bosqichida quyidagi 3 ta shart bo‘yicha bellashishdi.
1-shart – Huquqiy bilimga oid test savollari;
2-shart – Muammoli vaziyat (keys-stadi);
3-shart – Blits savol-javob.
Olimpiada g‘oliblari qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik tamoyillariga tayangan holda hakamlar hay’ati tomonidan berilgan xulosalar asosida aniqlandi.
✅Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar g‘olib deb topildi:
✅8-sinflar o‘rtasida:
➖1-o‘rin – K. Komiljonova (Xorazm viloyati)
➖2-o‘rin – Z. Meliboyeva (Andijon viloyati)
➖3-o‘rin – M. Jo‘rayeva (Surxondaryo viloyati)
✅9-sinflar o‘rtasida:
➖1-o‘rin – J. Xudoyberdiyev (Navoiy viloyati)
➖2-o‘rin – D. Rustamov (Surxondaryo viloyati)
➖3-o‘rin – D. Mo‘minjonova (Andijon viloyati)
✅10-sinflar o‘rtasida:
➖1-o‘rin – S. Qurbonova (Surxondaryo viloyati)
➖2-o‘rin – D. Qilichova (Navoiy viloyati)
➖3-o‘rin – Ch. Komilova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
✅11-sinflar o‘rtasida:
➖1-o‘rin – O. Erdonova (Buxoro viloyati)
➖2-o‘rin – M. Ulug‘bekov (Andijon)
➖3-o‘rin – D. Avalboyev (Toshkent viloyati)
Olimpiada g‘oliblari darajali diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan surxondaryolik o‘quvchilarimizni va ularning ustozlarini erishilgan natijalar bilan qutlaymiz.
"Konstitutsiya - huquqlarim poydevori" shiori ostidagi ko‘rik-tanlovga start berildi
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Konstitutsiya - huquqlarim poydevori" shiori ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirok etgan o'quvchilar, dastlab, maktab bosqichida saralanib, so‘ngra tuman(shahar) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan bir nafar ishtirokchi tanlovning viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.
Denov tuman adliya bo'limi hamda hamkor tashkilotlar bilan tumandagi ta'lim 77-sonli maktabda “Bayrog‘im – faxrim” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirlar davomida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, shuningdek, davlat ramzlarining huquqiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, bayroqning ranglari va ramzlarida mujassam ma’nolar, yurtimiz tarixiy merosi hamda tinchlik va barqarorlik g‘oyalari haqida o‘quvchi yoshlar tomonidan chiqishlar qilindi.
Tadbirda so‘z olganlar davlat ramzlariga hurmat bilan qarash - bu Vatanga, millatga va mustaqillikka sadoqat ifodasi ekanini alohida ta’kidlashdi.
Advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish tizimning asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligini, bu borada boshqarma tomonidan bir qator tashkiliy-amaliy choralar ko‘rib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularning bartaraf etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlarni yanada tizimli tashkil etish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Qiziriq tumanida otaliqqa olingan maktabdagi “Huquq sinfi”da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Qiziriq tumanidagi otaliqqa olingan 36-sonli maktabida tuman IIB boshlig‘i S.F.Nazirov tomonidan "Jinoyat tushunchasi va bu uchun belgilangan javobgarlik" mavzusida amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Dars davomida 10-sinf oʻquvchilari oʻzlari qiziqtirgan savollariga amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan batafsil javoblar olishdi.
Shuningdek, darslarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham atroflicha maʼlumot berildi.